Birinchi xususiyat: tizim bu bir-biri bilan aloqador bo‘lgan unsurlar yig‘indisining
butunligidir. Logistik tizimni unsurlarga ajratishni turlicha amalga oshirish mumkin.
Makrodarajada moddiy oqim bir korxonadan ikkinchisiga o‘tadi, va unsur sifatida
ushbu korxonalar, hamda ularni bog‘lovchi vosita sifatida qaralishi mumkin.
Mikrodarajadagi logistik tizimni esa quyidagi tizimchalar ko‘rinishida tasvirlash
mumkin: (mukammal qaralganda ushbu tizimchalarning har biri murakkab bir tizim ekanligi
ayon bo‘ladi)
Xarid - ushbu tizimcha logistik tizimga moddiy oqimni kirishini ta'minlaydi.
Ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarish - bu tizimcha esa xarid tizimchasidan
moddiy oqimni qabul qilib oladi va turli texnologik operatsiyalarni bajarish jarayonida uni
boshqarib turadi. Aynan ushbu texnologik operatsiyalar mehnat predmetini mehnat
mahsulotiga aylantiradilar.
Realizatsiya (savdo) -
bu tizimcha moddiy oqimni logistik tizimdan chiqib ketishini ta'minlaydi. (2.1
- rasm)
2.1. -Rasm. Mikrologistik tizim sxemasi Ko‘rib turganimizdek, logistik tizim unsurlari turlicha va bir vaqtning o‘zida bir-
biriga mos. Ularning mosligi maqsad yagonaligi bilan ta'minlanadi, va ushbu maqsadga logistik tizimni har bir unsuri xizmat qiladi. Ikkinchi xususiyat (aloqalar): Logistik tizim unsurlari orasida muhim aloqalar mavjud. Ular biror-
bir qonuniy zaruriyat bilan integrativ jihatlarini ham belgilaydilar. Makrologistik tizimlarda, unsurlar orasidagi aloqa asosini shartnoma tashkil etadi. Mikrologistik tizimlarda esa unsurlar ichki ishlab chiqarish munosabatlari bilan bog‘langan bo‘ladilar.
Uchinchi xususiyat