10.2. Omborlarning turlari Omborlar logistik tizimlarning muhim unsurlaridan biri bo‘lib hisoblanadilar.
Zaxiralarni saqlash uchun maxsus jihozlangan joylarga bo‘lgan ob'ektiv zaruriyat moddiy
oqim harakatining barcha bosqichlarida kuzatiladi. Turli xildagi omborlar ko‘pligini
aynan shu bilan izohlash mumkin.
Omborlarning o‘lchamlari ham har xil bo‘lishi mumkin: kichkina xonalardan to
bir necha yuz ming kvadrat metr maydonga ega bo‘lgan gigant omborlargacha.
Omborlar yuklarni joylash balandligi bo‘yicha ham farqlanadilar. Bir omborlarda
yuklar odam bo‘yidan baland bo‘lmagan joyda saqlansa, ikkinchi bir omborlarda maxsus
uskunalar yukni 24m balandlikga joylashtiradilar.
Omborlar tuzilishi (konstruksiyasi) ham turlicha bo‘lishi mumkin: ochiq va yopiq.
Omborlarda, agarda lozim bo‘lsa, maxsus harorat, namlik va boshqa sharoitlar
yaratilishi mumkin.
Ombor bitta korxona tovarlarini saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lishi (individual
foydalanish ombori) yoki lizing shartlarida yuridik yoki jismoniy shaxslarga ijaraga
beriladigan bo‘lishi (jamoaviy foydalanish ombori) mumkin.
Shuningdek omborlar, ombor operatsiyalarini mexanizatsiya darajasi bo‘yicha
ham farqlanadilar:
mexanizatsiya-lashtirilmagan, majmuaviy -
mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan, avtomatik.
Omborlarni moddiy oqimning umumiy harakat jarayonidagi joylashish belgisi
bo‘yicha turkumlanishini mukammalroq ko‘rib chiqamiz (10.1 rasm).
Omborlar turkumlanishining muhim belgisi bu yuklarni temir yo‘l yoki suv
transporti orqali yetkazish va olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘lishdir. Bunga
muvofiq stansiyalardagi yoki portlardagi omborlar (temir yo‘l stansiyasi yoki port hududida
joylashg
an), relsli omborlar (vagonlarni berish va olishga mo‘ljallangan relslarga ega) va chuqurdagi omborlar mavjud. Yukni stansiyadan yoki portdan chuqurdagi