11.2. Axborot tizimlari Har bir logistik tizimining muhim unsuri bo‘lib, ahborot o‘tishi va qayta ishlanishini
ta'minlovchi tizimcha xizmat qiladi. O‘z navbatida bu «tizimcha» ham turli xil
tizimchalardan tashkil topgan murakkab axborot tizimidan iboratdir. Boshqa tizimlar
singari, axborot tizimi ham tartibli o‘zaro bog‘langan unsurlardan tashkil topishi va
integrativ jihatlarning biror- bir birligiga, «yig‘indisiga» ega bo‘lishi lozim. Ko‘p hollarda
ahborot tizimlarini ikkita tizimchaga ajratadilar: funksional va ta'minlovchi (11.1 - rasm)
Funksional tizimcha, maqsadning umumiyligi belgisi bo‘yicha guruhlangan,
yechiladigan masalalar yig‘indisidan iborat. Ta'minlovchi tizim esa, o‘z navbatida, quyidagi
unsurlarni o‘z ichiga oladi:
-
texnik ta'minot, ya'ni axborot oqimlarini qayta ishlashni va uzatishni ta'minlovchi
texnik vositalari yig‘indisi;
-
ahborot ta'minoti, u o‘z ichiga turli ma'lumotlar, klassifikatorlar, kodifikatorlar,
ma'lumotlarni rasmiy izohlash vositalarini oladi;
-
matematik ta'minot, ya'ni funksional masalalarni yechishning uslublari yig‘indisi.
Shartli belgilar:
A- texnik ta'minot
B-
axborot ta'minoti V-
matematik ta'minot G-
boshqa ta'minot vositalari 11.1. -Rasm. Axborot tizimi tuzilmasi Logistik axborot tizimlari, odatda logistik jarayonlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimi sifatida namoyon bo‘ladilar. Shuning uchun ham logistik axborot tizim
laridagi matematik ta'minot -
bu dasturlar majmui va moddiy oqimlar boshqaruvi masalalari yechilishini, matnlarni qayta ishlashni, so‘rov ma'lumotlarini olishni va texnik vositalar amal qilishini ta'minlovchi dasturlash vositalari yig‘indisidir.