biridan farq qilishlari mumkin. Ayrim axborot tizimlarining xususiyatlariga batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Rejali axborot tizimlari. Bu tizimlar boshqaruvning ma'muriy darajasida (bosqichida) barpo etiladilar va strategik uzoq muddatli qarorlarni qabul qilishga yordam beradilar. yechiladigan masalalar orasida quyidagilar bo‘lishi mumkin: -
logistik zanjir bo‘g‘inlarini yaratish va ularni optimallashtirish; -
shartli-
muntazam, ya'ni kam o‘zgaradigan ma'lumotlarni boshqarish; -
ishlab
chiqarishni rejalashtirish; -
zaxiralarni umumiy boshqaruvini amalga oshirish; -
rezervlarni boshqarish va boshqa masalalar. Dispozitiv axborot tizimlari. Bu tizimlar ombor yoki sexni boshqarish darajasida (bosqichida) barpo etiladilar va logistik tizimlarning yaxshi yo‘lga qo‘yilgan ishini ta'minlash uchun xizmat qiladilar. Bunda quyidagi masalalar o‘z yechimini topishlari mumkin: -
zaxiralarni (omborga qo‘y ishni) ... boshqarish;
-
ombor (q.x. korxonasi) ichidagi transportni boshqarish; -
buyurtmalar bo‘yicha yuklarni tanlash, butlash, jo‘natiladiganlarini hisobga olish va boshqalar. Boshqaruvchi axborot tizimlari ma'muriy yoki operativ boshqaruv darajasida
(bosq
ichida) barpo etiladilar. Bu tizimlarda axborotlarni qayta ishlanishi, ularni EHMga kelib tushishi tezligida amalga oshiriladi. Bu ishlarning barchasi birdaniga amalga oshiriladi, hamda ishlab chiqarish va xizmatlarining hozirgi holati to‘g‘risida
ma'lumot
olish, hamda boshqaruv ob'ektlariga nisbatan tadbirlarni o‘z vaqtida o‘tkazish imkonini beradi. Ushbu tizimlar moddiy oqimlar nazorati, ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatishni operativ boshqaruvi, harakatlanishlar boshqarilishi