Yuqorida aytib o‘tilganidek, ta'minlovchi tizimchalarda ham farqlar mavjud. Rejali,
dispozitiv va bajaruvchi axborot tizimchalari dasturiy ta'minotining tavsifiy xususiyatlariga
batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Moddiy oqimlarni boshqarishning ko‘p bosqichli avtomatlashgan tizimlarini
yaratish, dasturiy ta'minot ishlab chiqish sohasidagi katta xarajatlar bilan bog‘liqdir.
Dasturiy ta'minot bir tomondan tizimning ko‘p funksionalliligini, ikkinchi tomondan esa
uning yuqori darajadagi integratsiyasini ta'minlashi lozim. Shu munosabat bilan, logistika
sohasida boshqaruvning avtomatlashgan tizimlarini yaratishda nisbatan arzon bo‘lgan,
mahalliy sharoitlarga moslashgan, standart dasturiy ta'minotni ishlatish imkoniyatlari
izlanishi kerak.
Hozirgi kunda yetarlicha takomillashgan dasturlar paketlari yaratilmoqda. Ammo
ular axborot tizimlarining barcha turlarida qo‘llanilavermaydi. Bu moddiy oqimlar
boshqaruvida yechiladigan masalalarning standartlashish darajasiga bog‘liq.
Rejali axborot tizimlaridagi masalalarni yechishda standartlashish darajasi eng
yuqori, bu esa standart dasturiy ta'minotni deyarli qiyinchiliklarsiz moslashtirish imkonini
beradi. Dispozitiv axborot tizimlarida standart dasturlar paketini moslashtirish imkoniyati
past. Bu bir qator sabablarga bog‘liq:
- korxonalardagi ishlab chiqarish jarayoni tarixan shakllanib kelgan va biror- bir
o‘zgarishlar kiritish juda qiyin kechadi;
- turli foydalanuvchilardagi qayta ishlanadigan ma'lumotlar tuzilmasi keskin
farqlanadi.
Bajaruvchi axborot tizimlaridagi boshqaruvning operativ darajasida, ko‘p hollarda,
individual dasturiy ta'minot qo‘llaniladi.
11.3.
Shtrix-kodlarni avtomatik aniqlash usullarini qo‘llash
Logistik zanjirning har bir bo‘g‘ini orqali katta miqdordagi tovar birliklari o‘tadi.
Har bir bo‘g‘in ichida ham tovarlar bir necha marta saqlash va qayta ishlash joylari bo‘ylab
harakatlanadilar. «Tovarlar harakatining butun tizimi - bu uzluksiz harakatdagi diskret
oqimlardir, ularning tezligi ishlab chiqarish salohiyatiga, yetkazishlar muntazamligiga,
mavjud zaxiralar o‘lchamlariga, va shuningdek realizatsiya va iste'mol tezligiga bog‘liqdir.»
Bunday dinamik logistik tizimni samarali boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun unga
kiruvchi va undan chiquvchi, hamda uni ichida aylanib turuvchi moddiy oqimlarning
assortimenti to‘g‘risidagi axborotga doimiy ravishda ega bo‘lish zarur.
Chet el tajribalariga qaraganda, bu muammoni yechish uchun moddiy oqim bilan
bo‘lgan logistik operatsiyalarda alohida yuk birligini aniqlash qobiliyatiga ega bo‘lgan
mikroprotsessorli texnikani ishlatish zarur. Gap, albatta, turli xildagi shtrix- kodlarni «o‘qiy
oladigan» uskunalar xaqida. Ushbu uskunalar, logistik operatsiya xaqidagi axborotni, u
amalga oshirilayotgan vaqtda va joyda - xo‘jaliklar, sanoat korxonalari, ulgurji bazalar,
do‘konlar omborlarida, transportda - olish imkonini beradilar. Olingan axborot vaqtning real
miqyosida qayta ishlanadi, bu esa boshqaruv tizimiga optimal muddatlarda javob qaytarish
imkonini beradi.
Axborotni avtomatik to‘plash turli xildagi shtrix-kodlarni ishlatishga asoslangan,
ularning har biri o‘z texnologik ustunliklariga ega. Masalan 11.3- rasmdagi ITF-14 kodi o‘z
ixchamliligi bilan ajralib turadi va tovar partiyalarini kodlash uchun ishlatiladi.
11.1-
jadvalda turli mamlakatlar kodlari keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: