Logistikada shtrix kodlarni avtomatik aniqlash texnologiyasini qo‘llash, logistik
jarayonning barcha bosqichlarida moddiy oqimlarni boshqarishni yaxshilash imkonini
beradi. Uning asosiy ustunliklarini aytib o‘tamiz.
Ishlab chiqarishda:
-
mahsulotlar va ularni butlovchi qismlarini har bir
uchastkadagi harakatini va
shuningdek umuman korxonadagi logistik jarayonning holatini, hisobga olish va nazorat
qilishning yagona tizimi barpo
etilishi;
-
yordamchi personal va hisobot hujjatlar sonini kamayishi, xatolar yo‘qolishi;
Ombor xo‘jaligida:
-
moddiy oqimni hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilishi;
-
moddiy zaxiralarni inventarizatsiyalash jarayonini avtomatlashtirilishi;
-
moddiy va axborot oqimlari bilan bo‘ladigan logistik operatsiyalar vaqtini
qisqarishi;
Savdoda:
-
moddiy oqimni hisobga olishni yagona tizimini yaratilishi;
-
tovarlar buyurtmasi va inventarizatsiyasini
avtomat-lashtirilishi; xaridorlarga
xizmat ko‘rsatish vaqtini qisqarishi.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarning ichki va xorij bozorlarida
raqobatbatdoshligini
oshirish, tovar ishlab chiqaruvchini tovar raqami xalqaro tizimi
doirasida identifikatsiyalash, iste'molchi
huquqlarini himoya qilish, tovarlarni ishlab
chiqarishni avtomatlashtirilgan tarzda hisobga olishni ta'minlash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999 yil 21 sentyabrda “ O‘zbekiston Respublikasida
shtrixli kodlashni joriy qilish to‘g‘risida” 438-sonli qaror qabul qildi.
Ushbu qarorda O‘zbekiston Respublikasi Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar
palatasi tomonidan tovarlari “ EAN” shtrixli kod bilan markalanadigan tadbirkorlik
faoliyati
sub'ektlarini ro‘yxatga olish, tovarlarni xalqaro talablarga muvofiq identifikatsiyalash
tizimidan foydalanuvchilar faoliyatini uslubiy boshqarish
uchun tovar
va xizmatlarni avtomatik tarzda identifikatsiyalash “ EAN
UZBEKISTAN” markazi tashkil etilganligi qayd etilgan.
Tovar
va
xizmatlarni
avtomatik tarzda
identifikatsiyalash “ EAN
UZBEKISTAN” markazi EAN International a'zosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi
hududida tovarlarni raqamlash bo‘yicha yagona tashkilot
- EAN International vakili
hisoblanadi.