Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə115/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

www.ziyouz.com kutubxonasi 
99
616. Salim otasidan rivoyat qildi: "Otam shunday degan edilar: "Rasululloh (s.a.v.) 
birodariga hayo haqida do'q bilan nasihat qilib turgan odamning oldida to'xtab: "Qo'y 
uni! Hayo imondandir", dedilar. 
Abdulloh ibn Umardan rivoyat qilingan 617-hadis 616-hadisnjg ay-nan takrori. 
618. Hz. Oyishadan rivoyat qilingan, ammo u 614-hadisning takro-ri, faqat Rasululloh 
oxirgi "Usmon uyatchan odam..." degan jumla o'rnida "Farishtalar ham hayo qiladigan 
odamdan men ham hayo qilaman", dedshar. 
272-bob. Tongdaga duo 
619. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) har tong: "Allohga hamd bo'lsinki, 
tong ottirdik, koinot ham Alloh uchun tong ottirdi. Barcha maqtovu hamdlar Allohga 
xosdir. Uning sherigi yo'qtsir. Allohdan boshqa iloh yo'q, qaytishimiz yana Uning 
huzurigadir", der edilar. Shuningdek, har kuni kechqurun: "Barcha hamdu sano 
Allohgaki, kechqurunga yetishdik. Mulk ham Alloh uchun kechqurunga yetishdi. Allohdan 
boshqa iloh yo'q, U yagonadir, Uning hech bir sherigi yo'q va yana Uzining huzuriga 
qaytajakmiz", der edilar". 
273-bob. Kishi o'zgani duo bilan eslashi haqida 
620. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Haqiqatda o'zi ham olijanob, 
uning otasi ham, otasining otasi va uning otasi ham olijanob kishilar bo'lgan Yusuf ibn 
Ya'qub ibn Ishoq ibn Ibrohim halilu-r-rahmondir", dedilar. Rasululloh (s.a.v.) dedilar: 
"Agar men Yusuf (a.s.) turganchalik hibsda turganimda, (qamoqtsan chiqarish uchun) 
oldimga kelgan chaqiruvchining da'vatini ijobat qilgan bo'lardim. Yusuf (a.s.)ning oldiga 
kelgan elchi kelganda unga: "Hojang huzuriga qaytib borginda, undan qo'llarini kesib 
olgan ayollar ishi nima bo'lganini so'ra!" (12:50) - deydi (xotirjamlik bilan). Lut (a.s.)ni 
Alloh rahmatiga olgan bo'lsin. U "Qani edi, sizlarga quvvatim yetsa yoki kuchli bir 
suyanchiqqa suyana olsam..." (11:80), degan so'zi bilan kuchli bir suyanchiqqa (ya'ni 
izzat va ustunlik egasi - Allohga) sig'inishni istagandi. Alloh taolo yuborgan barcha pay-
g'ambarlar o'z qavmining boylari edilar". 
Da'vatini ijobat qilgan bo'lardim - ya'ni chaqirig'iga javob berib, darhol qamoqtsan 
chiqqan bo'lardim.Muhammad (hadis roviylaridan biri) aytishicha, hadis matnidagi 
"Sarvat" davlat va kuch-qudrat demakdir. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin