Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Go'daklarning kunyasi haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

375-bob. Go'daklarning kunyasi haqida 
871. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) biznikiga kirdilar. Kichkina 
ukamga Abu Umayr degan kunya (laqab) berdilar. Uning bir chumchug'i bo'lib, uni 
o'ynab o'tirardi. Bir kuni chumchug'i o'lib qoldi. Rasululloh (s.a.v.) uyimizga kirib ukamni 
xafa bo'lib turganini ko'rdilar va: "Unga nima bo'ldi?" - deb so'radilar. "Uning chumchug'i 
o'lib qoldi", deyishdi. Shunda ul zot: "Ey, Abu Umayr, chumchuqqa nima bo'ldi?" dedilar. 
 
376-bob. Tug'ilmagan bolaga kunya berish haqida 
872. Ibrohim (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Abdulloh Alqama tug'ilmasidan oldin unga Abu 
Shibl, deb kunya qo'ygandilar . 
873-hadis mazmuni 872-hadisning takroridir.1 Bu hadisning mazmuni 178-bobdagi 389-
hadisda qisman o'tgan, U hadis ham Anas ibn Molikdan rivoyat qilingan edi. 389-hadisda 
"maynachang", deyilgan edi.2 Alqama ibn Qaysning xojasi va ustozi Abdulloh ibn Mas'ud 
ko'zda tutilgan. Alqamaning otasi ham Abdulloh ibn Mas'udning Quli edi, ammo ularning 
do'stligi ham bo'lgan, shuning uchun uning tug'iladigan bolasiga hali tug'ilmasdanoq Abu 
Shibl, ya'ni Sherbachchaning otasi, deb kunya bergan bo'lsalar kerak, vallohu a'lam. 
377-bob. Ayollarning kunyasi haqida 
874-hadis mazmuni 875-hadisda keladi. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
137
875. Abdulloh ibn Zubayr aytdilar: "Hz. Oyisha "Yo Rasulalloh! Boshqa ayollaringizni 
kunyalagan ekansiz. Meni ham kunyalamaysizmi? - dedilar. Rasululloh Abdulloh ibn 
Zubayr (r.a.)ni (ya'ni meni) ko'rsatib: "O'g'ling bilan kunyalan", dedilar. 
Ya'ni kunyang Ummu Abdulloh bo'lsin. 
378-bob. Kishining o'zidagi biron belgi bilan kunyalash haqida 
876. Sahl ibn Sa'ddan rivoyat qilindi: "Hz. Ali (k.v.)ga yoqimli ism Abu Turob edi. Kim u 
kshpini shunday deb chaqirsa, xursand bo'lardilar. U kishini fa-qatgina Rasululloh 
(s.a.v.) bu kunya bilan ataganlar. Bir kuni hazrat Ali hz. Fotima (r.a.)dan xafa bo'lib, 
uydan chiqib ketdilar va masjidning devoriga suyanib oddilar. Rasululloh (s.a.v.) kelib u 
kishini so'radilar, devorning tagida o'tirganlarini aytishdi. Payg'ambar (s.a.v.) u kishining 
oddilariga keddilar. Hz. Alining orqalari tuproqqa belanib ketgan edi. Rasululloh (s.a.v.) 
u kishini turg'azib, ustboshlarini qoqib qo'ydilar va: "O'tir, Abu Turob", dedilar". 
"Abu Turob" bu o'rinda "Tuproq otasi" degan ma'noda emas, balki Ali (k.v)ning ust-boshi 
tuproq bo'lib ketgani uchun Rasululloh (s.a.v) majoziy ma'noda uni shunday deb 
kunyalaganlar. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin