Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Darajasiga ko’ra yainlarga yaxshilik qilmoq haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

31-bob. Darajasiga ko’ra yainlarga yaxshilik qilmoq haqida 
63. Abdullohibn Avn (r.a.) aytadilar: "Rasululloh(s.a.v.): "Oralarida silai rahm 
qilmaydigan kishi bo’lgan qavmlarga Alloh taoloning rahmati nozil bo’lmaydi", dedilar". 
32-bob. Rahm qilmaydigan kishining gunohi haqida 
64. Jubayr ibn Mut'im (r.a.) Rasulullo? (s.a.v.)ning: "Silai rahm qilmaydigan kishi 
jannatga kirmaydi", deganlarini rivoyat qildilar. 
65. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilinishicha, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb 
marhamat qilganlar: "Rahmon bo’lgan Allohdan insonlarga berilgan qarindoshlik rishtasi 
shunday der ekan: "Yo Rabb! Zulm ostida qoldim! Yo Rabb! Uzildim. Yo Rabb! Menga 
nisbatan (shunday-shunday yomon ishlar qilindi). Alloh taolo unga shunday javob berar 
ekan: "Seni uzganlarni tarqatib yuborasanmi va yaxshilik qilmaganlarga yaxshilik 
qilmasmisan?" 
66. Sa'd ibn Sam'on (r.a.) aytadilar: "Men Abu Hurayra (r.a.)ning yosh bolalar va aqli 
yetuk bo’lmagan, engil tabiatli kishilarning amirlik mansabida bo’lib qolisharidan panoh 
so’rayotganlarini eshitdim. Ibn Hasan Abu Hurayradan "Buning alomati nima?" - deb 
so’raganlarida, Abu Hurayra: "Buning alomati silai rahmning uzilishi, to’gri yo’lga 
boshlovchi kishiga itoat qilinmay, egri yo’lga boshlovchiga itoat qilinishi", deb javob 
berdilar". 
33-bobdagi 67-hadis mazmuni 66-hadisdagi mazmun takrori bo’lib, hadis Abu Bakra 
(r.a.)dan naql qilingan. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
34-bob. Haqiqiy silai rahm 
68. Abdullohibn Amr (r.a.) aytdilar: Rasululloh(s.a.v.): "Avval silai rahm qilgan kishiga 
keyin silai rahm qiluvchi bu - haqiqiy silai rahm qiluvchi emas. Chin silai rahm qilish deb 
silai rahm qilishdan bosh tortgan kishiga silai rahm qilishni aytiladi", dedilar. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin