Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Arvohlar guruh-guruh askarlardir



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

402-bob. Arvohlar guruh-guruh askarlardir 
924. Hz. Oyisha (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) ning: "Arvohlar guruh-guruh 
askarlardir. Ular-dan (ruhlar olamida) tanishganlari bu dunyoda ham bir-birlari bilan 
hamkorlashadilar, gaplari gaplariga to'g'ri keladi, (U yerda) tanishmaganlari esa, bu 
dunyoda ham o'zaro ixtilofga boradilar", deganlarini eshitdim". 
925-926-hadislar 924-hadisnjg aynan takrori bo'lib, 925-hadis ham hz. Oyishadan 
boshqa so'z qurshshshida ifoda etilgan, 926-hadis Abu Huray-radan rivoyat tsilingan. 
403-bob. Taajjublanganda "Subhanalloh" deyish haqida 
927. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini 
eshitdim: "Bir cho'pon qo'ylarini qo'riqlab turganda, bir bo'ri hujum qilib bir qo'chqorni 
olib ketdi. Cho'pon uning ortidan tush-ganda bo'ri unga qarab: "Qo'ylaringning mendan 
boshqa cho'poni yo'q bo'lgan dahshatli, og'ir kunda ularga kim qarab turadi?" - deydi". 
Shunda odamlar "Subhanalloh!" - deb yubordilar. Rasululloh (s.a.v.): "Bunga men, Abu 
Bakr va Umar ishonamiz", dedilar".Kimdir biron ajabtovur rivoyatni yoki hikoyani yoxud 
voqeani ayt-sa, ajablanish va ishonmaslik ma'no-sida "Subhanalloh", deb qo'yi-ladi. 
Rasululloh (s.a.v.) suhbatdoshlariga voqeani aytib berganlari-da ular nshonqiramay 
"Subhanalloh" dedilar.
Rasululloh (s.a.v.) shuning uchun ham ularning ajablanishiga chandon e'tibor bermay 
"Bunga men, Abu Bakr va Umar ishonamiz", deb gapni muxtasar qildilar . 
928. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir janoza paytida qo'llariga bir narsa 
olib tuproqni titdilar va: "Sizlardan har biringizning do'zahdan va jan-natdan joyi 
hozirlangan", dedilar. Sahobiylar: "Ey, Rasululloh, biz taqtsirimizga ishonib amalni tark 
etamizmi?" - deb so'radilar. Ul zot: "Amal kdling, zero har kim o'z xilqatiga moyil qilib 
qo'yi-ladi". Yana dedilar: "Kimki saodat ahlidan bo'lsa, unga saodat amallari 
osonlashtirib qo'yiladi, kimki badbaxtlardan bo'lsa, unga badbaxtlik ishlari oson kdlib 
qo'yiladi". So'ng ushbu oyatlarni o'qidilar: "Bas, kimki (zakot va sadaqotlarni) bersa, va 
(Allohdan) qo'rqsa, hamda go'zal (narsa)ni tasdiq eda, bas, unga osonlikni muyassar 
qilurmiz" (92:5-7). 
Har kim o'z xilqatiga moyil qilib qo'yiladi; ya'ni taqdirida jannatiyligi bitilgan bo'lsa, 
saodat yo'li, do'zaxiyligi bitilgan bo'lsa zalolat va sharorat yo'liga solinadi. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin