Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Odamlarning tik turishlarini yoqtirmagan kishi haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

436-bob. Odamlarning tik turishlarini yoqtirmagan kishi haqida 
988-hadis 430-bobdagi 975-hadisnshg takroridir. 
989. Ansorlardan biri farzand ko'rib, ismini Muxammad qo'ydi. Ansorlar unga: "Biz sizni 
Rasulullohning ismlari bilan kunya qilib chaqirmaymiz", deyishdi. (Ya'ni sizni "Ey, Abu 
Muhammad demaymiz", deyishmoqchi.) Yo'l ustida ul zotdan qiyomat haqida so'raymiz, 
deb o'tirgandik. Rasululloh (s.a.v.): "Mening oldimga qiyomat haqida so'ragani 
keldinglarmi?" - dedilar. Biz: "Ha", dedik. Ul zot: "Har bir nafas oluvchi jon zoti borki, 
unga ajal (yoki qiyomat) 100 yilda (bo'lsa ham) keladi", dedilar. Biz: "Ansordan bir kishi 
farzand ko'rib, ismini Muhammad qo'idi. Biz unga: "Biz sizni Rasululloh (ismlari) bilan 
kunyalamaymiz", dedik. Ul zot: "Yaxshi aytibsizlar. Mening ismimni ko'yinglar, lekin 
kunyam bilan kunyalamanglar", dedilar". 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
154
437-bob. Dunyo ishlariga bog'liq yaxshi bir o'git 
990. Jobir ibn Abdulloh (r.a.) aytdilar: "Rasu-lulloh (s.al.) Oliyaning bir qismidagi bozor 
ichi-dan o'tib borar edilar, odamlar atroflarini o'rab olishdi. Shunda o'lib yotgan, 
quloqlari kesik bir uloqchaning oldidan o'tib qoldilar. Uni qo'llariga olib: "Qaysi biringiz 
mana shunga bir dirham berasiz?" - dedilar. Odamlar: "Biz uni nima qilamiz?" - 
deyishdi. "Buni sizniki bo'lishini xohlaysizmi?" - dedilar. Odamlar: "Yo'q", deb javob 
berishdi. Yana uch bor shunday deb so'radilar. Odamlar: "Xudo haqi, xohlamaymiz! Bu 
uloqcha tirik bo'lganda ham qulog'i yo'qligidan aybi bor, deb sotib olmasdigu, holbuki, u 
o'limtik bo'lsa!" - deyishdi. Ul zot: "Allohga qasamki, Alloh taolo uchun dunyo mana shu 
uloqcha sizga hech qanday qadri bo'lmagandek, qadrsizdir", dedilar". 
Oliya - Najdaning yuqori qismidan Taxomagacha va Makkagacha bo'lgan hudud nomi. 
991. Utayya ibn Zamra aytdilar: "Men otamning Huzurlarida johiliyat odatlarini tark 
qilmagan bir kishini ko'rdim. Otam uni i'dod qildilar va kunyasi bilan chaqirmadilar. 
Do'stlari otamga qarab turgan edilar, otam ularga: "Sizlar bu ishga qarshimisiz-lar? Men 
bu ishda hech qachon qo'rqmayman. Chunki Rasu-lulloh (s.a.v.)ning: "Kim johiliyat 
bilan o'zini bog'-lasa uni i'dod qilinglar vaunga kinoya gapirmang-lar", deganlarini 
eshitganman" - dedilar. 
Hadisdagi arabcha "a'adda"("zod" harfi bilan) fe'lining ma'nosi "bir narsani tishi bilan 
tutish", "tishlash" dir. Bu hadisdan ko'zlangan ma'no shuki, kimki o'zini johiliyat davriga 
mansub deb bilsa va johiliyat davrining so'kish va shu kabi yomon odatlarini qayta 
tiklamoqchi bo'lsa, unga otasining butlarga ibodat qilgani, zino va boshqa qabih ishlarni 
qilganini esla-tib, uni gap bilan "uzib" olish kerak. U kunyasi bilan chaqiril-maydi, toki 
odamlarning undan yuz o'girishlaridan qo'rqib, bu yomon ishlarini tashlasin. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin