Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Oyog'i uvishgan kishining nima degani haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

438-bob. Oyog'i uvishgan kishining nima degani haqida 
993. Abdurrahmon ibn Sa'd aytdilar: "Ibn Umar (r.a.)ning oyoqlari uvishib qoldi, shunda 
bir kishi: "O'zingizga eng sevymly kipshni eslang", dedi. Ibn Umar (r.a.): "Muhammad 
(s.a.v.)", dedilar". 
439-bob "Jannat mujdasi", deb atalgan va undagi 994-hadis mazmuni 1151-hadisda 
kelganligi uchun bu yerdan olib qo'ydik. 
440-bob. Yosh bolalar bilan qo'l berib ko'rishish haqida 
995. Salama ibn Virdon aytdilar: "Men Anas ibn Molik (r.a.)ni odamlar bilan qo'l berib 
qo'rishayot-ganlarini ko'rdim. Shunda mendan: "Sen kimsan?" - deb so'radilar. "Men 
Bani Laysning xodimiman", deb javob berdim. Anas ibn Molik boshimni uch marta silab, 
haqimga duo qildilar". 
441-bob. Qo'l berib so'rashish haqida 
996. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Yamanliklar kelishganida Rasululloh (s.a.v.): 
"Yamanliklar yaqin-lashdilar, ular sizdan ko'ra nozik qalbroqtsirlar. Qo'l berib 
so'rashishni ham birinchi ular tadbiq qildilar", dedilar". 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
155
997. Baro bin Ozib (r.a.) aytdilar: "Birodaring bilan qo'l berib so'rashishing 
salomlashishning mu-kammalligidandir". 
442-bob. Ayol kishi yosh bolaning boshini silashi haqida 
998. Ibrohim ibn Mazduq Saqafiy otasidan rivoyat qildi: "Abdulloh ibn Zubayr (r.a.) meni 
onasi Asmo' binti Abu Bakr (r.a.) huzuriga yubordilar. Men orqali u (ayol)ga Hajjojning 
ularga qanday muomala qilishi haqida bildirdilar. Asmo' binti Abu Bakr (r.a.) mening 
boshimni silab, duo qildilar. U payt-lar men yosh yigitcha edim". 
443-bob. Quchoqlash haqida 
999. Jobir ibn Abdulloh (r.a.)ga Rasululloh (s.a.v.) sahobiylaridan birining u kishi 
bilmagan hadisni bilishi haqidagi xabar yetdi. Jobir (r.a.) aytdilar: "(Yo'lda) tuya yo'qolib 
qoldi. U odamning oldiga bo-rish uchun qilgan bir oylik safarim g'oyatda og'ir kechdi. Va 
nihoyat Shomga yetib bordim. U odam Abdulloh ibn Unays (r.a.) ekan. Unga: Jobir eshik 
oldida turibdi, deb chopar jo'natdim. Chopar qaytib kelib: "Jobir ibn Abdullohmisiz?" - 
dedi. Men: "Ha", de-dim. U odam chiqib meni quchoqlab oldi. Men: "Ikko-vimizdan 
birimizning vafot etib qolishimizdan qo'rqqandim, qani, men eshitmagan hadisni ayting", 
dedim. U dedi: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning shunday deganlarini eshitdim: "Alloh taolo 
bandalarni kiy-im-boshsiz va hech vaqosiz holda tiriltiradi", de-dilar. Biz: "Hech 
vaqosiz?" - deb ajablandik. Ul zot: "Hech narsalari yo'q holda, so'ng uzoqdan (ham) 
eshi-tiladigan ovoz bilan (menimcha, "yaqindan eshiti-layotgandek" dedilar) odamlarga 
nido qilinadi: "Men (barcha narsalarning, qiyomat kunining) Egasiman, jannag ahlidan 
birortasi toki undan bir do'zaxiy haqqini talab qilarkan, jannatga kirolmaydi. Do'zax 
axlidan birortasi do'zaxga kirolmaydi, agar undan bir jannatiy haqini talab qilsa". Men: 
"Qanday (qilib u yerda birovning haqi beriladi)? Axir biz Allohning huzuriga kiyimboshsiz 
va hech narsasiz boramizku?" - dedim. Ul zot: "Savoblar (berilib), gunoxlar (olinishi) 
bilan (haq ado etiladi)", dedilar". 
444-bobdagi 1000-hadis 429-bobdagi 974-hadisning aynan takrori. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin