Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Qiblaga yuzlanish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

535-bob. Qiblaga yuzlanish haqida 
1170. Suf'yon ibn Munqizning otalari aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) qiblaga yuzlanib 
ko'p o'ti-rar edilar. Yazid ibn Abdulloh Ibn Qusayt (r.a.) quyosh chiqqandan keyin sajda 
(oyati)ni o'qidi va sajda qildi. (Boshqalar ham) sajda qildilar, Abdulloh ibn Umar (r.a.) 
sajda qilmadi. Quyosh chiqib bo'lgach, Abdulloh (r.a.) (oyoqlarini) yozib, so'ng sajda 
qildilar. "Do'stlaringiz sajda qilganlarini ko'rmadingizmi?" - deb so'rashgan edi, "Ular 
namoz vaqtidan boshqa mahalda sajda qilishdi", deb javob berdilar. 
536-bob. O'rindan turib ketib, yana qaytib kelish haqida 
1171. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) dedilar: "Sizlardan 
biringiz o'rni-. dan turib ketsa, so'ng yana u yerga qaytib kelsa, u (o'sha o'rin)ga 
haqliroqdir". 
537-bob. Yo'l yoqasida o'tirish haqida 
1172. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: "Biz yosh bolalik paytimizda Rasululloh (s.a.v.) 
oldimizga kelib salom berdilar va meni bir ish bilan jo'nat-dilar. (O'zlari) mening 
qaytishimni kutib yo'l bo'iida o'tirdilar. (Yo'lda) meni Ummu Sulaym (r.a.) to'xtatib: 
"Nega kech qolding?" - deb so'radi. Men: "Rasululloh meni bir ish bilan jo'natdilar", 
dedim. "Nima ekan (u ish)?" - dedi u. "Bu sir", dedim. Ummu Sulaym (r.a.): "Rasululloh 
(s.a.v.)ning sirlarini sauga", dedi". 
538-bob. Kengayib o'tirish haqida 
1173. Abdulloh ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan hech kim birovni 
o'rnidan turgazib yubormasin, balki kengayshib o'shringlar", dedylar". 
539-bob. Oxirida o'tirish haqida 
1174. Jobir ibn Samura (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning oldilariga borsak, birimiz 
eng oxirida o'tirar edik". 
540-bob. Ikki kishining o'rtasini yorib o'tmaslik haqida 
1175. Abdulloh ibn Amr (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir kishi ikki odamning 
orasini ularning iznisiz yorib o'tishi halol emas", dedilar". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin