Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. O’tirganlarning ustidan hatlab o'tish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

541-bob. O’tirganlarning ustidan hatlab o'tish haqida 
1176. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Hz. Umar (r.a.)ning orqasidan (xanjar) 
sanchilgan paytda men u qotilni tutganlar orasida edim, uni hovliga olib chiqdik. Hz. 
Umar (r.a.) menga: "Ey, birodarimning o'g'li, borib meni kim yaralagani-ni, mendan 
boshqa yana kimni yaralaganini bilib kel", dedilar. Men ketdim, (u haqda) xabar berish 
uchun kelsam, uy (odamlar bilan) liq to'la ekan. Odamlar ustidan hatlab o'tgim kelmadi 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
178
yosh bola edim, (shu yerda) o'tirdim. (Hz. Umar (r.a.) odatda) bir kishini biror ish bilan 
jo'natsalar, (natijasini) aytib qo'yishni buyurardilar. (Hozir) u kishini o'rab olishibdi. 
Ubay ibn Ka'b (r.a.) kelib dedi: "Xudo haqi, mo'minlar amiri agar Allohdan duo qilib 
so'rasa, Alloh taolo uni qutqaradi va ummatning boshiga yana qayta keltirib qo'yadi. 
Hatto, ushbu ummat bilan bog'liq shunday-shunday ishlarni qilardi". So'ngra Ubay ibn 
Ka'b (r.a.) mu-nofiqlarning ism va kunyalarini birma-bir sanadi. Men: "Aytganlaringni 
hz. Umarga yetkazaymi?" - deb so'radim. "Yetkazishingni xohlaganim uchungi-na 
bularni aytayapman", dedi Ubay ibn Ka'b (r.a.). Men undan ruhlanib, o'rnimdan turdim, 
odamlardan hatlab o'tib, hz. Umar (r.a.) boshlari yoniga o'tir-. dim. "Siz meni shu-shu 
narsa(larni bilish uchun) yuborgandingiz, siz bilan shuncha (13 ta) odam yara-langan, 
qotil hovuzcha yonida tahorat olayotgan Kulaybni ham yaralabdi, Ubay ibn Ka'b Allohga 
qasam ichib shunday-shunday dedi", dedim. Hz. Umar (r.a.): "Ubay ibn Ka'bni 
chaqiring", dedi. Chaqirildi. (Ubay ibn Ka'b yetib kelganda hz. Umar undan): "Nima 
deyapsan?" - deb so'radilar. Ka'b: "Shunday-shunday, deb aytayapman", dedi. Hz. 
Umar: "Yo'q, Alloh-ga qasamki, duo qilmayman! Ammo Alloh Umarni kechirmasa, u 
badbaxt bo'lib qoladi", dedilar". 
1177. Sha'biy aytdilar: "Bir kishi Abdulloh ibn Umar (r.a.)ning oldilariga keldi, kelayotib 
oldidagi qavm ustidan hatlab o'tayotgan edi, to'xtatib qolishdi. Abdulloh ibn Umar (r.a.): 
"U odamni o'z holiga qo'yinglar", dedilar. U odam kelib oldilarida o'tirgach, "Rasululloh 
(s.a.v.)dan eshitgan narsangni menga ham bildir", dedilar, U: "Rasululloh (s.a.v.)ning 
shunday deyayotganlarini eshitdim; "Haqiqiy musulmon boshqa musulmonlar uning 
tilidan va qo'lidan salomat bo'lgan odamdir. Muhojir esa, Alloh taolo qaytargan 
narsalardan uzoq bo'lgan kishidir", dedi"'. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin