Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Oyoqlarini quduqqa solib o'tirish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə208/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

546-bob. Oyoqlarini quduqqa solib o'tirish haqida 
1184. Abu Muso Ash'ariy (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir kuni hojat bilan Madina 
devor-laridan biriga chiqdilar. Men ham izlaridan chiqdim. Ul zot binoning ichiga 
kirganlarida men uning eshi-gi oldida o'tirdim va: "Bugun garchi buyurilmagan bo'lsam 
ham Rasululloh (s.a.v.)ning eshik og'asi bo'la-man", dedim. Ul zot hojatdan qaytib, 
quduq labiga keldilar. Boldirlarini ochib, oyoqlarini quduq ichi-ga soddilar. Shu payt Abu 
Bakr Sidtsiq (r.a.) kelib, kirishga izn so'radilar. "Sizga Rasululloh (s.a.v.) izn 
bergunlaricha kuting", dedim. U kutib turdi. Men Rasuli akram (s.a.v.) oldilariga kelib: 
"Ey, Rasulalloh, Abu Bakr huzuringizga kirish uchun izn so'ra-moqda", dedim. Ul zot: 
"Unga izn ber va jannat xushxabarini unga yetkaz!" - dedilar. A.bu Bakr (r.a..) ki-rib, 
Rasululloh (s.a.v.)ning o'ng tomonlariga o'tirdi. U ham boldirlarini ochib, quduq ichiga 
osiltirib oldi. Hz. Umar (r.a.) keldi. "Payg'ambar (s.a.v.) izn bermagunlaricha joyingizda 
turing", dedim. Rasuli akram (s.a.v.): "Ayt, kirsin va unga jannat xushxaba-rini ber!" - 
dedilar. Hz. Umar (r.a.) ul zotning chap yonlariga o'tirdi. Hz. Umar (r.a.) ham boddirini 
ochib, oyoqlarini quduqqa tashlab oldi. quduq labi to'lib u yerda bo'sh yer qolmadi. 
So'ngra hz. Usmon (r.a.) keldi. "Ul zot izn bermagunlaricha turib turing", dedim. 
Rasululloh (s.a.v.): "Unga izn ber va jannat xushxaba-rini berish bilan birga unga 
kelajak balolarini1 ham ayt", dedilar. Usmon (r.a.) ular bilan o'tirgani joy topa 
olmagach, burilib, ularga qarama-qarshi, quduqning qirg'og'iga o'tirdi va boddirini ochib, 
oyoqla-rini quduqqa tiqtsi. Men akam ham kelishini istar-dim. Allohdan uning kelishini 
so'rab duo qildim. Lekin ular turgunlaricha ham akam kelmadi. Ibn Mu-sayyib aytdilar: 
"Bu avvalgi uch zot (Rasululloh (s.a.v.), Abu Bakr, Umar (r.a.)larning qabrlari ham birga 
bo'ldi, Usmon (r.a.)ning qabrlari esa, ulardan alohida bo'ldi". 
1185. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) kunning qaysidir 
vaqtida uylaridan chiqdilar. Na ul zot menga bir narsa dedilar, na men ul zotga bir narsa 
demasdan Bani Qaynuqo' bozori-gacha keldik. Keyin Fotima (r.a.)ning hovlisida o'tir-
dilar. Hasanni ko'zda tutib: "Kichkina, shu yerdami-san, shu yerdamisan, kichkina?" deb 
chaqirdilar. Foti-ma (r.a.) bolasini bir oz ushlab qoldi. So'ng bolakay chopib keldi. 
Rasululloh (s.a.v.) uni quchib o'pdilar, so'ng: "Allohim, Sen bu bolani ham, buni 
sevganni ham sevgin", - dedilar". 
Kelajak balolar, deyish bilan Rasuli akram (s.a.v.) hz. Us-mon (r.a.)ning xorijiylar 
tomonidan qatl etllishlarini ba-shorat qilganlar, vallohu a'lam. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin