Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy  www.ziyouz.com



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə209/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
180
547-bob. Birov joyini bo'shatib bersa, u yerga o'tirmasligi haqida 
1186. Ibn Umar (r.a.) aytdilar: "Raeululloh (s.a.v.) bir kishini o'rnidan turg'azib, uning 
joyiga o'tirish-dan qaytarganlar". Ibn Umar (r.a.)ga biron kishi joy-ini bo'shatib bersa, u 
yerga o'tirmas edilar". 
548-bobdagi 1187-hadis 537-bobdagi 1172-hadisning takrori. 
549-bob. Birov chaqirganda qanday tarzda qarash haqida 
1188. Abu Hurayra (r.a.) Raeululloh (s.a.v.)ni shunday tavsif qildilar: "Ul zot o'rta 
bo'ydan novcharoq, badanlari (qizg'ish) oq, soch-soqollari qora, (oldi) tishlari chiroyli va 
zich, kipriklari uzun, yelkalari keng va orasi uzoq, yuzlarida butun chiziqlari ko'ri-nar, 
oyoqlarini to'la bosar edilar (ya'ni yassi oyoq emasdilar). Agar yuzlansalar, butun 
vujudlari bilan yuzlanar, ortlariga qarasalar, butun gavdalari bilan burilardilar. Men u 
kishiday insonni oldin ham, keyin ham ko'rmadim". 
550-bob. Yumush bilan yuborilgan odam unga maqsadini aytsin 
1189. Zayd ibn Aslamning bobosi aytdilar: "Hz. Umar (r.a.) menga: "Seni bir kshpi 
oddiga yuborsam, unga g' sha uchun yuborganimni aytab ma'lum qiyamasang, shu 
asnsu shayton unga yolg'on xabarni hozirlaydi", dedilar". 
551-bob. "Qayerdan keldingiz", desa bo'ladimi 
1190. Lays aytdilar: "Mujohid kishi oldidan ke-tayotgan birodariga ko'zini qadashi va 
yoki uni ko'zi bilan ta'qib qilishini yoqtirmas edilar. Yoki "Qaerdan keddingiz?" "Qaerga 
ketayapsiz?" - deb so'rashlarini ham yomon ko'rardilar". 
1191. Molik ibn Zubayd aytdilar: "Rabazada Abu Zarr (r.a.)ning oldilariga bordik. Abu 
Zarr (r.a.): "Qaerdan keddingiz?" - deb so'radilar. "Makkadan yoki Baytul atiq (ko'hna 
uy)dan", deb javob berdik. Abu Zarr (r.a.): "Ishingiz shumi?" - deb so'radi. Biz: "Ha", 
dedik. Abu Zarr (r.a.): "Bu ish bilan birga tijorat, oldi-sotti ham bormi?" - dedi. "Yo'q", 
dedik. Shunda Abu Zarr (r.a.): "Unda yangidan ish boshlang", dedilar". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin