Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Bir qavmning yashirin so'zlariga quloq solish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

552-bob. Bir qavmning yashirin so'zlariga quloq solish haqida 
1192. Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasu-lulloh (s.a.v.) dedilar: "Kimki biror surat 
chizsa, unga jon kirgizishga majbur qilinadi, azoblanadi, jon kirgiza olmaydi; kimki 
ko'rmagan tushini ko'rdim, desa, ikki dona arpani bir-biriga bog'lab berishga majbur 
qilinadi, azoblanadi, bog'lolmaydi; kimki biror qavmning utstsan yashirincha gapini 
eshitsa, quloq-lariga qalay (qurg'oshin) quyiladi". 
553-bob. So'rida o'tirish haqida 
1193. Uryon ibn Haysam aytdilar: "Otam Muoviyaning oldiga keldilar. Men yosh bola 
edim. Otam Muoviya huzuriga kirgach, u: "Xush keldingiz, marhabo!" - dedi. U bilan 
so'rida o'tirgan kishi: "Ey, mo'minlar amiri, siz "marhabo!" deya kutib olgan bu odam 
kim?" - deb so'radi. Muoviya: "Bu odam Mashriq ahlining sayyidi va bu - Haysam ibn 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
181
Asvad", dedi. Men: "Bu odam kim?" - deb so'radim. "Bu Abdulloh ibn Amr ibn Oss", deb 
javob berishdi. Men undan: "Ey, Abu Fu-lon, Dajjol qaerdan chiqadi?" - deb so'radim. U: 
"Men sening xalqingdek uzoqdagi narsani ko'rib, burun-ning tagidagini ko'rmagan bir 
xalqni bilmayman", deb, orqasidan "(Dajjol) daraxtlari va xurmozorlari bor Iroq 
yerlaridan chiqadi", dedi. 
1194. Abul-Oliya aytdilar: "Ibn Abbos (r.a.) bilan so'rida o'tirdik". 
1195. Abu Jumra dedilar: "Men Ibn Abbos (r.a.) bilan birga o'tirgan edim. U meni o'zi 
o'tiradigan kursiga o'tqazgan edi. "Men ham sening kursingda ikki oy o'tirgan edim", 
dedi u menga. 
1196. Xolid ibn Dinor aytdilar: "Anas ibn Mo-lik (r.a.) Basra amiri Hakam bilan so'rida 
o'tirib, shunday deganlarini eshitdim: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) issiq paytlari namozni 
kech o'qir, sovuq pay-tlarida esa erta o'qirdilar". 
1197. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.)ning uylariga kirdim, Ul zot 
to'qilgan bir karavot ustida edilar. Boshlari ostida esa, xurmo po'stlog'i bilan to'ldirilgan 
yostiq bor edi. Karavot bilan badanlari orasida birgina kuylaklari bor edi xolos. Hz. Umar 
(r.a.) u yerga kirib yig'ladilar. Rasu-lulloh (s.a.v.): "Nega yig'layapsan, ey Umar?" - deb 
so'radilar. Umar (r.a.): "Nega yig'lamayin, yo Rasulalloh, Xudo haqi, siz Allohga Qaysaru 
Kisrolardan hurmatliroq bo'lganingiz holda, ular dunyo huzur-halovotlari ichra 
yashamoqdalar. Siz esa ko'rib turganim-day hayot kechirmoqtsasiz", dedilar. Shunda 
Rasululloh (s.a.v.): "Ey, Umar, sen bu dunyo ularniki, oxirat bizniki bo'lishini 
istamaysanmi?" - dedilar. Umar (r.a.): "Albatta istayman, ey, Allohning Rasuli" - dedi. Ul 
zot: "Shuning uchun shunday" - dedilar. 
1198. Abu Rifoa Adaviy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.) oldilariga yetib keldim. 
Ul zot xut-ba o'qiyotgan edilar. Men: "Ey, Allohning Rasuli, di-nini bilmaydigan bir g'arib 
odam dini haqida savol so'ragani keldi", dedim. Ul zot xutbalarini qo'yib, menga 
yaqinlashib keldilar. Bir kursi olib keldi-lar, oyoqlari temirdan bo'lsa kerak, deb uyladim. 
Uning ^stiga o'tirdilar. So'ng Alloh ul zotga bildirgan narsalarni menga o'rgata 
boshladilar. Keyin xutbalarini oxirigacha yetkazdilar. 
1199. Muso ibn Dihqon aytdilar: "Ibn Umar (r.a.)ni kuyov bo'lib so'ri ustida o'tirganlarini 
ko'rdim, egnilarida qizil libos bor edi". 
1200. Imron ibn Muslim dedilar: "Anas (r.a.)ning bir kursida o'tirganlarini ko'rdim. Bir 
oyog'ini eti-gining ustiga qo'yib olgan edi". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin