Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Kiyimga o'ralib olish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə214/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

563-bob. Kiyimga o'ralib olish haqida 
1217-hadis. Sulaymon ibn Jobir Hujaymiy (r.a.) aytdilar: "Men Rasululloh (s.a.v.)ning 
oldilariga kelganimda, ul zot burdaga o'ralib olgan edilar, uning etaklari oyoqlarigacha 
tushib turardi. Men: "Ey, Allohning Rasuli, menga nasihat qiling", dedim. Ul zot: 
"Allohdan qo'rq, hech bir yaxshilikni arzimas sanama, suvsagan bir odamning idishini 
chelagingdagi suv bilan to'latib berish yoki birodaringga ochiq chehra bilan gapirish bilan 
bo'lsa-da yaxshilik qil. Ustki kiyiming (izor)ini uzun kiyishdan saqlan, chunki u Alloh 
yoqgirmaydigan ishlardandir. Bir kishi sendan biron kamchilik topib, tanbih bersa, sen 
uning ay-bini topib tanbih berma! Qo'y uni! Uning fikri o'zi-ga (zarariga)dir, savobi 
senga bo'ladi. Hech narsani so'kma", deya nasihat qildilar". Jobir (r.a.) aytdilar: 
"Shundan keyin men hech bir insonni ham, hayvonni ham so'kmadim". 
1218-hadis 546-bobdagi 1185-hadisning takrori, faqat bunda Abu Hurayra (r.a.) men 
Hasanni ko'rganimda ko'zlarim jiq yoshga to'ladi", deb boshlagan. 
564-bob. Tiz cho'kib o'tirgan kishi haqida 
1219. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.) qavm bilan peshin 
namozini o'qidilar. Salom berilgach, minbarga chiqib qiyomat-ni va unda bo'ladigan 
buyuk ishlarni esladilar. So'ngra: "Kim nima haqda so'ramoqchi bo'lsa, marhamat
so'rasin. Allohga qasamki, mana shu o'rnimda ekanman, siz nima so'rasangiz ham javob 
beraman", dedilar". Anas (r.a.) (davom etib) aytdilar: "Odamlar Rasululloh (s.a.v.)dan 
buni eshitib, ho'ngrab yig'lay boshladilar. Rasululloh (s.a.v.) esa, "So'rang!" deya 
takrorladilar. Shunda hz. Umar (r.a.) tiz cho'kib: "Biz Allohni Parvardigor deb, Islomni 
din deb, Muhammadni Payg'ambar deb rozi bo'ldik", dedi. Ra-sululloh (s.a.v.) hz. Umar 
(r.a.) gapirayotganda jim turdilar. So'ng: "Juda yaxshi. Jonim qo'lida bo'lgan Zotga 
qasamki, namoz o'qiyotganimda jannat va do'zax mana shu devorning yuzida menga 
ko'rsatildi. Yaxshi-likni ham, yomonlikni ham bugungidayini ko'rma-dim", dedilar". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin