Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

www.ziyouz.com kutubxonasi 
187
qiladilar: "Baraka-lilik borasida eng a'losidir", dedilar". Biz sifatsiz xurmolarni tuya va 
hayvonlarimizga yedirardik. Ushbu safardan qaytganimizdan keyin bu xurmolarga 
nisbatan buyuk rag'bat tuydik. So'ng bu xurmoning navdalarini ek-dik. Hatgo bu 
xurmolarimiz o'shandan yuzaga keldi, Biz undan baraka topdik.
Ashaj -peshonasida tirtig'i bor, degani . 
574-bob. Ertalab turganda nima deyilishi haqida 
1234-hadis 272-bobdagi 619-hadis, 1235-hadis 291-bobdagi 7.19-hadis-larning takrori 
bo'lib kelgan. 
1236. Anas ibn Molik (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) dedilar: "Kimki ertalab turgan 
paytda: "Ey, Allohim, Sening shohidligingda, Arshingni ko'tarib turadigan (farishtalar), 
maloikalar va barcha mahluqotning shohidligida tong ottirdik. Albatta, Sen Allohdirsan, 
sendan boshqa hech qanday iloh yo'q. Sen yolg'izdirsan, Sening hech qanday sheriging 
yo'q. Muhammad (s.a.v.) bandang va elchingdir" - deb ayt-sa, Alloh taolo uning o'sha 
kuni 1/4 qismini do'zaxdan ozod qiladi. Kimki 2 marta aytsa, Alloh uning yarmini 
do'zahdan ozod qiladi. Kimki 4 marta aytsa, Alloh o'sha kuni uni do'zax olovidan ozod 
qiladi. 
575-bobdagi 1237, 1238, 1239-hadislar 293-bobdagi 727-hadisning takrori. 
576-bob. O'ringa kirayotganda nima deyilishi haqida 
1240. Huzayfa (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) uxlamoqchi bo'lsalar: "Allohim, Sening 
isming bilan o'lib-tirilurman", der edilar. Uyg'onganlarida: "Bizga o'ddirganidan so'ng 
takror hayot bergan Alloh taologa hamd bo'lsin, qaytishimiz faqat Ungadir", der edilar". 
1241. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.) o'rinlariga kirganlarida: "Bizni 
yedirib-ichirgan, kifoyat etgan va panoh bo'lgan Alloh taologa hamd bo'lsin. Kifoya 
qiluvchisi va panohi bo'lmaganlar qan-chadan qanchadir", der edilar. 
1242. Jobir (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Alif. Lom. Mim. Tanzil..."ni ("Sajda" 
surasi) va "Taborakallaziy bi-yadihi-l-mulk.."ni ("Mulk" su-rasi) o'qimay uxlamas edilar. 
Abu Zubayr (r.a.) ayt-di: "Bu ikki sura Qur'onning boshqa suralaridan yetmish hasanot 
fazilatlidir. Ularni kim o'qisa, unga 70 hasaiot yoziladi, darajalari 70 barobar ko'tari-ladi 
va 70 ta gunohi o'chiriladi". 
1243. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Zikr asnosida uyku shaytondandir, 
xohlasangiz tajriba qilib ko'ring. Biringiz xo'shagiga yotib, uxlamoqchi bo'lsa, Alloh azza 
va jallani zikr qilsin". 
1244-hadis 1242-hadisning takrori. 
1245. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Raslululloh (s.a.v.) dedilar: "Sizlardan biringiz 
to'shagiga yotayotganda uning ichlarini chiqarib yaxshilab qoqsin, chunki uning ichida 
nima borligini (nima kirib olganini) bil-maydi. So'ng shunday deb duo qilsin: "(Ey, 
Allohim), Sening isming bilan yonimni (to'shakka) qo'ydim. Naf-simni hisob qilar (ya'ni, 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin