Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Nard o'ynovchilarning ahvoli haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə228/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

617-bob. Nard o'ynovchilarning ahvoli haqida 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
196
1309. Nofi' (r.a.) aytdilar: "Abdulloh ibn Umar (r.a.) agar xonadonlarida biror kishi nard 
o'ynayot-ganini ko'rib qolsalar, uni urib, nardni sindirib tashlar edilar". 
1310. Oyisha onamizdan rivoyat qilindi: Uylarida yashovchi axli baytda nard borligini 
xabari yetib kel-di. Hz. Oyisha darhol ularga odam jo'natib: "Agar nardni tezda chiqarib 
tashlamasangiz, o'zingizni uydan chiqarib yuboraman!" - dedilar. 
1311. Abdulloh ibn Zubayr o'z xutbalarini shuvday dedilar: "Ey, Makka ahli, menga yetib 
kelgan xabarga ko'ra. Quraysh kishilari nard degan o'yin o'ynayotgan zmish-lar. Bu juda 
muammodir. Alloh taolo: "Albatga, may va qimor..." degan. Men Alloh nomi bilan qasam 
ichib ayta-manki, kimki bu o'yinni o'ynasa, oqibati sochi va terisigadir. (ya'ni, oqibati 
juda yomon bo'ladi) hamda uning butun molshsh u haqda xabar keltirganga olib 
beraman!" 
1312. Abu Hurayra (r.a.) nardni qimor sifatida o'ynayotgan odam haqida "U xuddi 
cho'chqa go'shti yeganday bo'ladi", dedilar. Shunday, qimorsiz o'ynaydigan haqida esa: 
"U xuddi cho'chqaning qoniga qo'lini tiq-qan kabidir. Nardning oldida unga qarab o'tirgan 
esa, xuddi cho'chqaning go'shtiga qarab turgan kabidir", dedilar. 
1313-hadis Amr ibn Os (r.a.)dan rivoyat qilingan bo'lib, yuqoridagi hadisning takroridir. 
618-bob. Mo'min kishi o'zini inga chaqtirmasligi haqida 
1314. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Mo'min ki1pi o'zini bir inga ikki 
marta chaqirmaydi", dedilar. 
Inga chaqtirish - ya'ni zaharli hashorotlarga chaqgirishdir. Bu o'rinda to'g'ri ma'no ham, 
majoziy ma'no ham bor, binobarin, aqlli odam xatoni takrorlamaydi . 
619-bob. Kechasi o'q otgan kishi haqida 
1315. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Kimki kechasi o'q otsa, u bizdan 
emas", dedilar. 
1316. Yana Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki bizga qarshi qurol 
ko'tarsa, u bizdan emasdir", dedilar". 
1317-hadis yuqoridagi hadisning takrori, faqat u Abu Muso Ash'ariy (r.a.)dan rivoyat 
qilingan. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin