Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Mamluklarga yaxshi munosabat haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

82-bob. Mamluklarga yaxshi munosabat haqida 
156. Hz. Ali (k.v.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)ning dardlari og’irlashgan vaqtida menga: 
"Ey, Ali! Menga hayvon kuragidan olib kel, men ummatlarim zalolatga tushmaydigan 
narsalarni yozdiraman", dedilar. Men esa, kurakni olib kelgunimcha Rasulullohning 
olamdan o’tib qolishlaridan qo’rqib: "Yo Rasulalloh! Aytadigan gaplaringizni men 
yodimda saqlab qolaman", dedim. Shu vaqtda Rasulullohning muborak boshlari mening 
bilagim bilan yelkam ustida edi. Rasululloh (s.a.v.)shunda: "Namozni o’z vaqtida 
o’qinglar, zakotni beringlar hamda qo’l ostingizdagi kishilarga yaxshi qaranglar", deb 
vasiyat qildilar va jonlari chiqqunga qadar shunday so’zlarni aytib, oxirida "Lo iloha 
illalloh, Muhammadu-r-Rasululloh" kalimasiga guvohlik berishga buyurdilarda: "Kim shu 
kalimaga ko’ngil bilan guvohlik bersa, Alloh taolo uning jasadini do’zax o’tiga harom 
qiladi", dedilar". 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
29
157. Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: Rasululloh (s.a.v.): "Birov sizni uyiga taklif qilsa 
boring, hadya qilinsa, qabul qiling va musulmonlarni urmang", dedilar.Taklif xoh 
ziyofatga, xoh biror to’yga bo’lsa (basharti u yerda ichkilik kabi buzuq ishlar bo’lmasa) 
unga borish lozim. hadya berilganda uni hazm qilib ketmay, iloji bo’lsa yaxshiroq biror 
narsa berish albatta yaxshiroqdir. Shar'iy yoki qonuniy hukm bilan bo’lmasa, 
musulmonlarni va shu jumladan qaramog’idagi kishilarni nohaq urish albatta haromdir . 
158. Hz. Ali (k.v.) Rasululloh (s.a.v.)ning so’nggi so’zlari shunday bo’ldi, deb xabar 
qildilar: "Namozni kanda qilmang, namozni kanda qilmang. Qaramog’ingizdagi kishilarga 
yomon munosabatda bo’lishdan Allohdan qo’rqing!" 
83-bob. Qaramog’idagi kishilarga yomon qarash haqida 
159. Abu Dardo (r.a.)dan rivoyat qilindi. U zot aytdilar: "Baytariy hayvonlarni qanday 
yaxshi bilsa, biz sizlarni undan ko’ra ham yaxshiroq bilamiz. Yaxshilaringizni ham
yomonlaringizni ham bilib oldik. Kimki odamlarning yaxshiligidan umidvor bo’lib, 
yomonligidan amin bo’lib yuradigan bo’lsa, u yaxshi kishi. Ammo yaxshiligidan umid 
uzib, yomonligidan qo’rqib yuradigan bo’lsa va ozod qilgan quliga yaxshilik va yordam 
qilmasa, u yomondir". 
Baytariy - mol do’xtiri demoqchi (t.). 
160. Abu Umomadan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Kimki (qo’lidagi bor narsalaridan) 
kishilarga bermasa, (safarda ovqatimga hamroxlarim sherik bo’lmasin deb) ovqatini o’zi 
yesa va qulini uradigan bo’lsa, u kishi Allohning ne'matvorligani inkor qiluvchidir". 
161. Hasan Basriy aytdilar: "Bir kishi o’zining qul bolasiga tevani sug’orib kelishni 
buyurganda, bola uxlab qolib, xo’jasining buyruqini bajara olmagan ekan. Shunda u 
bolaning yuziga cho’q otgan, qul bola qochib borib quduqqa yiqilgan. U erta bilan Hz. 
Umar huzurlariga bordi. Hz. Umar bolaning yuzidagi cho’gning asarini ko’rib, uni ozod 
qilib yuborishni buyurdilar". 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin