Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Cho’rini a'robiyga sotib yuborish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

84-bob. Cho’rini a'robiyga sotib yuborish haqida 
162. Amr (r.a.) aytdilar: Hz. Oyisha (r.a.) o’zlarining bir cho’rilariga: "Men vafot 
etganimdan keyin sen ozodsan", deb qo’ygan edilar. "Bir kun Hz. Oyisha betob bo’lib 
qoldilar. Shunda akalarining o’gillari sudanlik yoki Hindistonlik bir lo’li tabibga u zotning 
dardini aytilganda, tabib: "U kishi sehrlanganlar, u zotni o’z cho’rilari sehr ?ilgan", dedi. 
Tabibning so’zini Oyishaga aytilganda, u kishi cho’rini chaqirib so’radilar. Cho’ri esa sehr 
qilganini e'tirof qildi. Hz. Oyisha (r.a.): "Nima uchun bu ishni qilding, endi bundan keyin 
sen sira cho’rilikdan qutilmaysan", dedilarda, "Buni cho’rilariga yomon qaraydigan 
a'robiylarga sotib yuboringlar", deb buyurdilar. 
85-bob. Xizmatkorning gunohini kechirish haqida 
163. Abu Umoma (r.a.) aytdilar. "Rasululloh (s.a.v.) ikkita qul bolani olib keldilarda, 
birini Hazrat Aliga berib: "Buni urma, chunki biz kelganimizdan buyon uning namoz 
o’qishini ko’rdim. Namoz o’qiydigan kishini urishdan Alloh meni qaytargan", dedilar. 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
30
Ikkinchisini Abu Zarr (r.a.)ga berib: "Bunga yaxshilik qil, xayrixoh bo’l", dedilar. Abu 
Zarr u qul bolani ozod qilib yubordilar. Rasululloh (s.a.v.) Abu Zarrga: "Qul bola qalay?" 
- deb so’raganlarida, u kishi: "Bunga xayrixoh bo’l, degan edingiz, men uni ozod qilib 
yubordim", dedilar". 
164. Anas ibn Molik (r.a.)dan rivoyat qilindi, aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) Madinaga 
kelgan vaqtlarida u kishiga xizmat qiladigan xodim yo’q edi. Otam Abu Talha mening 
qo’limdan ushlab Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga olib borib: "Yo Rasululloh! Anas ziyrak, 
bola, sizga xizmat qilib yursin", deb meni Rasululloh (s.a.v.)ga topshirdilar. Men 
vafotlariga qadar Rasululloh (s.a.v.)ga safarlarida ham, safarda emas vaqtlarida ham 
xizmat qildim. Birorta ishni noo’rin qilib qo’yganimda Rasululloh (s.a.v.): "Nega buni 
shunday qilding?" va bir ishni qilmay qo’ygan bo’lsam ham: "Nega buni qilmading?" - 
deb aytgan emaslar".

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin