Microsoft Word al adab oqshom ziyouz com doc


-bob. Ekinzorga chiqish haqida



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/234
tarix30.10.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#118805
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   234
al-adab al-mufrad. imom ismoil al-buxoriy

119-bob. Ekinzorga chiqish haqida 
237. Abu Salama (r.a.) aytdilar: "Men qadrdon do’stim Abu Said Qudriy oldilariga borib: 
"Bizlar bilan xurmozorga chiqib kelmaysizmi?" - dedim. Abu Said: "Xo’p" deb junli qora 
kiyimlarini ustilariga tashlab xurmozorga chiqdilar", dedilar. 
236. Ummu Muso Hz. Alidan rivoyat qildi: "Rasululloh (s.a.v.) bir daraxtga chiqib, undan 
bir meva keltirishni Abdulloh ibn Mas'udga buyurdilar. Abdulloh daraxtga chiqqan 
vaqtida boldirining ingichkaligidan ba'zilar kulishdi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Nima 
uchun kulayotibsizlar? Abdullohning oyoqi qiyomat tarozusida Uxud toqidan ham og’irroq 
bo’ladi", dedilar". 
Bu o’rinda gap oyoq haqida emas. Abdulloh o’z zamonasining peshqadam muhaddis va 
faqih olimi sifatida mashhur edi. Janobi Payhambar (s.a.v.) shunga ishora qilganlar 
shekilli. 
120-bob. Musulmon musulmonning ko’zgusidir 


Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
239. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "har bir mo’min banda o’z birodarining ko’zgusidir. U 
birodarida bir aybni ko’rsa, o’zida bo’lgan shunday aybni tuzatishga harakat qilishi 
kerak". 
240. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "har bir 
mo’min o’z birodarining ko’zgusi, har bir mo’min ikkinchi mo’minning birodari - akasi yo 
ukasidir, uni zoe bo’lishdan saqlaydi va uni muhofaza qilib yuradi", dedilar". 
241. Mustavrid ibn Shaddod (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Kimki bir 
musulmon kishi sababli taom yesa, Alloh ungu do’zaxdan shunday taom beradi. Va 
kimgaki bir musulmon sababli kiyim kiydirilsa, Alloh unga do’zaxdan shunday kiyim 
kiydiradi va kimki bir musulmon kishi yonida riyokorlik O’rnida tursa, Alloh qiyomat kuni 
uni riyokorlik maqomida turg’izadi", dedilar. 
Musulmonning foydasiga ko’zgu bo’lish o’rniga, ziyoniga ko’zgu bo’lsa, ya'ni uniig aybi 
va kamchiliklarini tuzatish o’rniga boshqa dushmanlariga fosh qilsa va shuning evaziga 
ulardan taom va kiyimlar bilan mukofotlansa, do’zax o’tiga mustahiqdir.Riyokorlik bilan 
kishilarni yolgondan maqtab, shuning badaliga ulardan mukofot olsa yoki yaxshi bir 
musulmonni boshqa odamlar yomonlashayotganida ularga yaxshi ko’rinish uchun u ham 
yomonlasa, degan ma'noda.  

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin