198-bob. Koyish va so'kish haqida 424. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Payg'ambarimiz (s.a.v.) vaqtlarida ikki kishi
so'kishdi. Ularning bittasi so'kdi va ikkinchisi jim turdi. Shu vaqtda Rasululloh (s.a.v.)
o'tirgan edilar, ikkinchisi ham uni so'ka boshladi. Shunda Rasululloh (s.a.v.) birdan
o'rinlaridan turib ketdilar. Sahobiylar: "Yo Rasu-lalloh, nima uchun turib ketdingiz?" -
deb so'rashganda, Rasululloh (s.a.v.): "Farishtalar turgani uchun men ham turdim. Bu
kishi jim turgan vaqtda farishtalar avvalgi so'kayotgan kishiga raddi badal qilib turgan
edi. Bu ham so'ka boshlagani uchun o'sha farishtalar o'rinlaridan turib ketdilar", dedilar".
425. Ibroxim ibn Abu Abla Ummu Dardo (r.a.)dan rivoyat qildi. "Bir kishi Ummu Dardo
(r.a.) oldiga kelib: "Xalifa Abdumalik ibn Marvon huzurida bir kishi sizga ta'na qildi", deb
xabar berdi. Ummu Dardo (r.a.): "O'zimizda bo'lmagan ayblar bilan tuhmat qilinsak
mayli. O'zimizda yo'q madhlar bilan ko'p maqtalgan ham edik", dedilar".
426. Abdullohibn Mas'ud (r.a.) aytdilar: "Bir kishi birodariga sen mening
dushmanimsan", desa, ikkalasidan bittasi Islomdan chiqib qoladi yoki u o'sha bi-
rodaridan ajrab ketgan bo'ladi". Shu hadisni Abdulloh ibn Mas'ud (r.a.)dan rivoyat qilgan
Qays degan kishi aytdi: "Keyin menga Abu Hurayra Abdulloh ibn Mas'udning shu
so'zlarini aytib oxirida: "Ammo tavba kdlgan bo'lsa, bu hukmga kirmaydi", degan
edilar".
199-bob. Bir qultum suv ichirish haqida 427. Abdulloh ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilindi. Shu hadis roviylaridan imom Lays: "Bu
hadis Rasululloh (s.a.v.) so'zlari bo'lsa kerak, deb o'ylayman. Har bir odam bolasining
badanida uch yuz oltmishta mayda so'ngak va bo'g'inlar bor. Ular shu so'ngak va
bo'g'inlar uchun har kuni bir sadaqa qilmokdari lozim. Har bir shirin so'z bir sadaqa,
kkshi birodariga yordam qilmog'i ham bir sadaqa, unga bir qultum suv ichirishi ham bir
sadaqa va kishilarga ozor beradigan yo'ddagi narsalarni chetga olib tashlash ham bir
sadaqa hisoblanadi", dedilar.