336. Abu Bakra Nuffayyi' ibn Horis (r.a.) aytdi: "Rasuli amin (s.a.v.) huzurlarida bir kishi
ustida gap bo'ldi va uni kimdir maqtadi. Shunda Rasululloh (s.a.v.): "Uni shunday
maqtashing bilan bo'ynini uzib qo'yding", dedilar. Va shu gaplarini necha marta
takrorladilarda, keyin: "Agar bittangiz bir birodarini (haqiqatdan bor bo'lgan xislatlari
bilan) maqtamoqchi bo'lsa, mening fikrimcha, bu shunday odam, degan so'zni avval
aytib qo'ysin. Chunki uning haqiqiy
holini Alloh taolo o'zi biladi. Bandalar bir-birlarini Alloh taologa bu kishi albatta pok, deb
hukm qilib bermoqlari durust emas", dedilar".
337. Abu Muso (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.) bir odam ikkinchi odamni oshirib
maqtayotganini eshitsalar: "Sen u odamni halok qilding" yoki "Sen o'sha odamning
belini sindirding", der edilar".
338. Ibrohim Taymiy otalaridan rivoyat qildilar, u kishi: "Biz hz. Umar ibn Xattob
oldilarida o'tirgan edik, shunda bir kishi ikkinchi kishini o'zining yuziga maqtadi. Hz.
Umar: "Bu kishini sen halok etding. Alloh taolo seni ham halok etsin", deb duoibad
qildilar". (Kishining yuziga maqtashda halokat borligi uchun hz. Umar u kishini duoibad
qishdilar).
339. Ibn Aslamiy ham otasidan rivoyat qilib, hz. Umarning shunday deganlarini xabar
qildi: "Odamlarni oshirib maqtash ularni bo'g'izlashdir". Muhammad ibn Zayd bu
Al-adab al-mufrad. Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
55
so'zlarning ma'nosini tushuntirib: "Maqtalgan odam maqtovchining gapiga ishonib
g'ururlanadi, o'ziga bino qo'ayadi va natijada halok bo'ladi", dedilar.