557. Ayyod ibn Xalifadan rivoyat qilindi, u kishi Hz. Ayai (k.v.)dan: "Aql - yurakda,
rahmdillik - jigarda, mehr-shafqat taloq (qora jigar)da va nafas olish-chiqarish esa,
o'pkada joylashgandir", degan gaplarini eshitdilar.
251-bob. Takabburlik haqida
558. Abdulloh ibn Amr aytdilar: "Bizlar Rasululloh (s.a.v.) huzurlarida o'tirgan edik. Shu
paytda sahroda yashaydiganlardan ipakli kiyim kiygan bir kishi kelib, Rasululloh (s.a.v.)
huzurlarida tik turgan holda bizlarga qarab: "Sizlarning birodaringiz (ya'ni Muhammad
(a.s.) ot ustida yurishni yaxshi biladigan, aqlli va tajribakor kishilarning darajasini
pastga tushirdi (ikkinchi rivoyatda: tushirmoqchi) va har bir podachining obro'sini
ko'tarmoqchi bo'ldi", dedi. Shun-da Rasululloh (s.a.v.) uning kiyimlaridan ushlab turib:
"Ustingda aqlsiz bir kishining kiyimini ko'rayo-tibman", dedilarda: "Alloh taoloning
payg'ambari hz. Nuh (a.s.) o'lish vaqtlarida o'g'lilariga xitob qilib: "Men senga vasiyat
qilaman, ikki narsaga buyurib, ikki narsadan qaytaraman. Birinchi - "Lo iloha il-lalloh"
kalimasini aytib yurishingga buyuraman, chunki butun yetti qavat osmon va yetti qavat
yerlarni torozining bir pallasiga va "Lo iloha illalloh" kalimasini ikkinchi pallasiga qo'yilsa,
bu kalima qo'yilgan palla albatta og'ir keladi. Agar yetti qavat osmon va yetti qavat
yerlar hammasi zich bir halqa bo'lsa, "Lo iloha illalloh" kalimasi ularning hammasini
mayda-mayda qilib yuboradi. Ikkinchidan, "Subhonallohu va bihamdihi" kalimasini aytib
yurishingga buyura-man, chunki bu kalima hamma maxluqotning aytadigan virdidir va
shu kalimani aytishlari tufayli Alloh taolo hammalarining rizqini yetkazadi", dedilar. Yana
hz Nuh (a.s.): "Seni ikki narsadan, ya'ni Alloh taologa shirk keltirishdan va kibrlanishdan
qaytaraman", dedilar. Shunda men aytdim: "Yo Rasulalloh! Bu shirk keltirish nimaligani