284-bob. Batsdaning ajali yetmaguncha duoning qabul bo'lishi haqida
671. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biringizning shoshilmay
qilgan duosi qabul bo'ladi. (Vaholanki) u duo qildimu, lekin ijobat bo'lmadi", deydi", deya
marhamat qildilar.
672. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Sizlardan biringiz gunoh
qilmagan va qarindoshlik aloqalarini uzmagan holida duo qilsa yoki sabrsizlik bilan
shoshib duo qildim, lekin duoim ijobat bo'lmadi, deb iddao qilmasa, albatta duosi ijobat
bo'ladi", dedilar".