190. Bir sahobiydan rivoyat qilinishiga ko’ra, Rasululloh (s.a.v.) shunday deb marhamat
qilgan ekanlar: "Qullaringiz sizlarning qardoshlaringizdir. Ularga yaxshilik qiling.
Kuchingiz yetmagan ishlarda ulardan yordam oling va ularning ham kuchlari yetmagan
ishlarda yordam bering".
191. Abu Hurayra (r.a.): "Ishlovchi kishiga o’z ishidan (kelgan hosildan) yordam
qilganlar, chunki Alloh uchun ishlayotgan kishi umidsiz qolmasin", dedilar.
192. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi. Rasululloh (s.a.v.) shunday deb marhamat
qilmishlar: "qulning yemak-ichmagi va libosi xojasining zimmasidadir. Qul esa, kuchi
yetmaydigan ishni bajarishga majbur emas".