Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə250/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
244
sharmanda qilsa, toinki aytgan narsasi chiqquncha, (ya’ni ayblagan kishisining roziligini 
olib gunohidan pok bo‘lguncha) Alloh taolo uni jahannam ko‘prigida hibs qilib turadi», 
dedilar. Abu Dovud rivoyatlari. 
 
319-bob Qalb bilan qilinadigan g‘iybat haqida
Bilingki, yomon gumon aytilgan yomon so‘z kabi haromdir. Kishining yomonligini 
boshqalarga aytmoging harom bo‘lgani kabi uni o‘z nafsingga bildirib, yomon gumon 
qilmoqliging ham haromdir. Bu haqda Alloh taolo Hujurot surasining 12-oyatida 
«Ko‘p 
gumonlardan chetlaninglar»,
deb aytgan. 
907/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Gumondan chetlaninglar, albatta gumon gaplarning yolgonidir», dedilar. Buxoriy va 
Muslim rivoyatlari. 
Bu aytilgan so‘zlardagi ma’noni ifoda etuvchi hadislar ko‘p. Gumon bu qalbda boglashlik 
va boshqaga yomonlikni hukm qilishdir. Ammo bir fikrga kelmay, ichida gapirsa-yu, 
qalbida qaror topmasa va unda bardavom bo‘lmasa, bu ulamolar ittifoqi bilan avf 
qilingandir. Chunki voqe’ bo‘lishda u uchun bu kishida ixtiyor yo‘qdir. Va undan 
ajralishga yo‘l ham yo‘qdir. Quyida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan sahih 
hadisda sobit bo‘lgandan maqsad ham shu aytgan so‘zimizdir - u zot: «Ummatimdan 
bo‘lgan kishi ichida bir gapni gapirsa-yu, uni tashiga chiqarmasa yoki unga amal 
qilmasa, albatta Alloh taolo o‘sha gunohini kechirgandir», deb aytdilar. 
Ulamolar: «Bundan maqsad fikrida qaror topmagan narsa», deyishdi. Va yana: «Xoh u 
fikridagi giybat yo kufr yoki boshqasi bo‘lsin, fikrida qaror topmasa, gunohi kechirilgan. 
Bas, kimning fikriga qasd qilmasdan kufrlik kelsa, o‘sha paytning o‘zida uni daf etsa, 
kofir ham va boshqa biror narsa ham bo‘lmaydi», deyishdi. 
Biz «Vasvasa» bobida quyidagi sahih hadisni keltirganmiz: «Sahobalar: «Ey Rasululloh, 
birortamiz (nafsimizda) gapirish katta bo‘lgan narsani, ya’ni kufr (vasvasasi)ni topadi», 
deyishganida, u zot: «(Shundoq bo‘lsa ham) u sof imonlikdir», dedilar». (Ya’ni, u faqat 
shayton vasvasasi, xolos... - tarj.) 
Zikr qilgan narsalarimizda avf qilinishiga sabab chetlanish uzrli bo‘lgani uchundir. 
Shuning uchun u fikrda bardavom bo‘lish va qalbda bog‘lash haromdir. Xoh u g‘iybat, 
xoh boshqa gunohlar bo‘lsin, fikrga keldimi, o‘sha zahoti uni daf etmoq vojibdir. 
Imom Abu Homid G’azzoliy «Ihyou ulumid-din» kitobida quyidagilarni aytganlar: «Agar 
qalbingda yomon gumon voqe’ bo‘lsa, u shayton vasvasasidir. Bas, sen uni yolg‘onga 
chiqarmog‘ing lozim bo‘ladi. Chunki shayton fosiqlarning fosig‘idir. Bu haqda Alloh taolo 
Hujurot surasining 6-oyatida: 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin