Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə264/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

Parvardigoro, 
ularning mol-dunyolarini yo‘q qilgin, ko‘ngillarini qattiq qilgin, toki alamli 
azobni ko‘rmagunlaricha, imon keltirmasinlar»
(Yunus surasi, 88-oyat). Agar 
bizdan oldingilarning shariati bizning shariatimiz, deydigan bo‘lsak, bu dalilga nazar 
solmoq kerak. 
Fasl:
Agar kofir musulmonni kufr kalimasini aytmokdikka majburlasa, bas, musulmon 
uni aytib, qalbi imoniga xotirjam bo‘lsa, kofir bo‘lmaydi. Bu Qur’ondagi nass (dalillar)da 
ham, musulmonlar ijmo’ida ham ittifoq qilingan. Endi o‘limdan o‘zini saqlash uchun kufr 
kalimasini aytishlik afzalmi? Bu savolga besh xil fikr aytilgan: 
Eng to‘g‘rirog‘i va afzali o‘limga sabr qilib, kufr kalimasini aytmaslik. Sahih hadislar va 
sahobalarning amallari bunga dalildir. 
Ikkinchisi, jonini qatldan saqlash uchun kufr kalimasini aytmoq afzal. 
Uchinchisi, uni omon qolishligi dushmandan qasos olish yoki shariat ahkomlarini qoim 
qilishlikda musulmonlarga manfaatli bo‘lsa, kufr kalimasini gapirmoqligi afzaldir. Agar 
bundoq bo‘lmaydigan bo‘lsa o‘limga sabr qilmog‘i afzal. 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
256
To‘rtinchisi, ulamo va shularga o‘xshash ergashiladigan kishilar bo‘lsa, avom 
adashmasligi uchun o‘limga sabr qilmog‘i afzal. 
Beshinchisi, Alloh taoloning 
«Va o‘zingizni halokatga tashlamang»
(Baqara surasi, 
195-oyat) so‘ziga binoan kufr kalimasini aytmoqlik vojibdir. Mana shu oxirgisi juda ham 
zaif ko‘rinishdagisidir. 
Fasl:
Agar musulmon kishi kofirni Islomga kirishga majburlasa, bas, u ikki shahodat 
kalimasini aytsa va ana shu aytuvchi kofir harbiy bo‘lsa, Islomi durust bo‘ladi. Chunki 
uni majburlash haq bilan bo‘lmoqda. Agar u aytuvchi zimmiy bo‘lsa, u musulmon 
bo‘lmaydi. Chunki biz unday qilmaslik majburiyatini olganmiz. Bas, majburlashlik to‘g‘ri 
emas. Ba’zi zaif so‘zlar borki, ularda: «U musulmon bo‘ladi, chunki buyurish haqdir», 
deyilgan. 
Fasl:
Agar kofir ikki shahodat kalimasini majburlanmasdan aytsa-yu, hikoya tarzida 
masalan, Zayddan eshitdim, u «La ilaha illallohu Muhammadun Rasululloh», dedi deb 
aytsa, Islomda ekaniga hukm qilinmaydi. Agar musulmonning taklifidan keyin ikki 
shahodat kalimasini aytsa, masalan, «La ilaha illallohu Muhammadun Rasululloh», degin, 
desa-yu, kofir uni aytsa, musulmon bo‘ladi. Agar hikoya va taklif ko‘rinishida 
bo‘lmasdan, balki o‘zicha boshlasa, mashhur sahih mazhabga ko‘ra, u musulmon bo‘ladi. 
Ba’zilar hikoya ehtimoli borligi uchun musulmon bo‘lmaydi, deyishgan. 
Fasl:
Musulmonlar ishiga boshliq bo‘lgan kishini xalifatulloh, ya’ni Allohning xalifasi, deb 
aytmaslik lozim. Balki u xalifa yoki xalifatur-rasululloh yoki Amirul-mo‘minin, deb 
aytiladi. 
Imom Abu Muhammad al-Bag‘aviy «Sharhi sunna» kitoblarida keltirishlaricha, 
musulmonlar ishiga boshliq bo‘lgan kishini agar odil imomlar siyratiga xilof bo‘lsa, 
musulmonlar ishida qoim bo‘lgani va mo‘minlar uning so‘ziga quloq tutgani uchun amirul 
mo‘minin va xalifa, deb atamoqlikning zarari yo‘q. Xalifa, deb atalishiga sabab u o‘zidan 
oldingi boshliqqa xalifa (o‘rinbosar) bo‘lib o‘rniga o‘tirganligidir. 
Biror kishi Odam alayhissalomdan va Dovud alayhissalomdan keyin xalifatulloh, deb 
atalinmaydi. Chunki Alloh taolo: 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin