Microsoft Word al azkor ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə295/310
tarix12.10.2023
ölçüsü0,91 Mb.
#130116
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   310
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
285
qozonishni va yordaming bilan do‘zaxdan najot topishni so‘rayman). Imom Hokim 
«Mustadrak»larida rivoyat qilganlar. Muslimning shartlariga binoan sahihdir. 
1035/42. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir kishi Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallam huzurlariga kelib, «Voy gunohlarim, voy gunohlarim», deb ikki yoki uch 
marta aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: 
«Allohumma mag‘firatuka avsa’u min zunubiy va rohmatuka arja ‘indiy min ‘amaliy», 
deb ayt», dedilar. U bu duoni o‘qidi. So‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
takrorla, dedilar. Bas, u takrorladi. So‘ngra yana takrorla, dedilar. Bas u yana takrorladi. 
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tur, batahqiq mag‘firat qilinding», 
dedilar. (Ma’nosi: Allohim, mag‘firating gunohimdan kengroqdir. Rahmating huzurimdagi 
amalimdan umidliroqdir.) Imom Hokim rivoyatlari. 
1036/43. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: 
«Albatta
«Ya arhamar rohimiyn» («Ey rahm qiluvchilarning rahmlisi»), deb aytadigan kishilarga 
Alloh taoloning vakil qilingan farishtalari bordir. Kimki buni uch marta aytsa, farishtalar 
u uchun «Rahm qiluvchilarning rahmlisi (Alloh), Senga yuzlandi, bas, Sen undan 
so‘ragin, deyishadi». Imom Hokim rivoyatlari. 
338-bob Duo odoblari haqida
Bilingki, fuqaholar, muhaddislar, jumhur ulamolar, salafu xalaf olimlarning barchasi duo 
mustahabdir, deyishgan. Alloh taolo: 
«Parvardigorlaringiz: «Menga duo, iltijo 
qilinglar, Men sizlarga (qilgan duolaringizni) mustajob qilurman», dedi»
(G‘ofir 
surasi, 60-oyat), 
«Parvardigorlaringizga tazarru bilan ichingizda (maxfiy) iltijo 
qilingiz»,
deb aytgan (A’rof surasi, 55-oyat). 
Ammo bu haqdagi sahih hadislarning o‘zi mashhurdir. Zikr qilinmasa ham, o‘zi zohirdir. 
Biz kifoya qiladigan miqdoricha zikr etdik. 
Imom Abulqosim Qushayriyning risolalarida quyidagilar keltirilgan: «Kishilar duo afzalmi 
yoki sukut qilib, rozi bo‘lishlikmi, degan fikrda ixtilof qilishgan. Kimdir yuqoridagi hadisga 
muvofiq duo ibodatdir, chunki bunda Allohga ehtiyojmandlik izhor qilinadi, dedi. Boshqa 
bir toifa hukm jarayoni ostida sukut qilib jim turish mukammalrokdir va qadar bo‘lgan 
narsaga rizo bo‘lish a’loroqdir, deyishgan. Bir qavm esa duo sohibi tili bilan aytib, qalbi 
bilan rozi bo‘lishi hammasini jamlashlikdir, degan». 
Qushayriy: «Turli vaqtlarda aytmoq a’loroqdir. Ba’zi holatlarda sukutdan duo afzal. Va 
yana qaysidir paytlarda duodan ko‘ra sukut afzaldir. Albatta u vaqt bilan bilinadi. Agar 
qalbida duoga ishora bo‘lsa, afzalroqdir. Agar sukutga ishora topsa, sukut 
mukammalroqdir. Agar unga musulmonlar nasibasi yoki Allohning unda hakqi bo‘ladigan 
bo‘lsa, duo ibodat bo‘lgani uchun a’loroqdir. Agar nafsi uchun unda nasiba bo‘lsa, sukut 
mukammalroqdir. Duoning shartlaridan biri luqma halol bo‘lishligidir. Yahyo ibn Muoz ar-
Roziy: «Men osiy bo‘la turib, Senga qanday duo qilay, Sen saxiy bo‘la turib, nechuk duo 
qilmay?» deb aytganlar. Va yana duoning odoblaridan biri qalbni hozir qilishlikdir. 
Inshaalloh, buning dalili kelgusi boblarda keladi. Ba’zilar duodan maqsad Alloh 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   310




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin