Fasl:
Iqomat faqat namozga kirilayotganda aytiladi, azon esa, namoz vaqti kirganda.
27-bob. Azon va iqomatni eshitganda aytiladigan zikrlar
Azon va iqomatni eshitgan kishi muazzin nima desa, o’shani takrorlaydi. Faqat «Hayya
‘alal solah, Hayya ‘alal falah», deganda:
«La havla va la quvvata illa billah», deb aytadi. «Assolatu xoyrum minan navm», desa:
«sodaqta va barorta» yoki «sodaqa rosululloh assolatu xoyrum minan navm», deydi.
Agar «qod qomatis solah», desa:
«aqomahallohu va adamaha», deydi. Agar «ashhadu anna Muhammadar rosululloh»,
desa, «va ana ashhadu anna Muxammadar rosululloh», deb, ortidan:
«roziytu billahi robban va biMuhammadin sollallohu alayhi vasallama rosulan va bilIslami
diyna», deydi. Azonning hammasini eshitib bo’lganidan keyin Rasulullohga salovot aytib,
ortidan mana bu duoni o’qiydi:
«Allohumma robba hazihid da’vatit tammah vassolatil qoimah, ati Muhammadanil
vasiylata val faziylah vab’as-hu maqomam mahmudanillaziy va’adtah» (Ey bu komil
duoning va qoim bo’lgan namozning egasi--Allohim, Muhammadga vasila va fazilat ber,
u zotni va’da qilganing maqtovli maqomda tiriltir). So’ngra xohlaganicha dunyoviy va
uxroviy duolarni qilaveradi.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com
kutubxonasi
30
84/1. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Azonni eshitganinglarda muazzin nima desa, o’shani aytinglar», dedilar. Buxoriy va
Muslim rivoyatlari
85/2. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Muazzinning azon aytayotganini eshitsanglar, u aytganidek aytinglar.
So’ngra menga salovot yo’llanglar. Kim menga salovot aytsa, Alloh taolo unga o’nta
salovot aytadi. Keyin menga Allohdan vasilani so’ranglar. U (ya’ni, vasila) jannatdagi bir
makondir. U makon Allohning bandalaridan bittasiga nasib etadi. O’sha banda men
bo’lishimga umid qilaman. Kim menga vasila so’rasa, unga shafoatim nasib etadi»,
dedilar. Muslim rivoyatlari
86/3. Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
aytdilar: «Muazzin «Allohu akbar, Allohu akbar», deganida, eshituvchi ham: «Allohu
akbar, Allohu akbar», desa, «Ashhadu alla ilaha illalloh», deganida, «Ashhadu alla ilaha
illalloh», deb takrorlasa, «Ashhadu anna Muhammadar rosululloh», deganida, u ham
«Ashhadu anna Muhammadar rosululloh»ni aytsa, «Hayya ‘alas solah», deganida, «La
havla va la quvvata illa billah», desa, «Hayya ‘alal falah», deganida ham, «La havla va la
quvvata illa billah»ni aytsa, «Allohu akbar, Allohu akbar», deganida, «Allohu akbar,
Allohu akbar», desa, «La ilaha illalloh», deganida, «La ilaha illalloh», deb qalbdan aytsa,
jannatga kiradi». Muslim rivoyatlari
87/4. Sa’d ibn Abu Vaqqosdan (r.a.) rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam bunday deganlar: «Kim muazzinni eshitgan paytda:
«Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va anna Muhammadan ‘abduhu va
rosuluh, roziytu billahi robban va bi Muhammadin sollallohu alayhi vasallam rosulan va
bil-Islami diyna», desa, uning gunohlari kechiriladi».
Boshqa rivoyatda:
«Va ana ashhadu», desa, deyilgan. Imom Muslim rivoyatlari
88/5. Oisha (r.a.) onamiz aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muazzinning:
«Ashhadu alla ilaha illallohu va ashhadu anna Muhammadar rosululloh», deb aytgan
ovozini eshitsalar, «Men ham, men ham shahodat keltiraman», deb aytar edilar». Imom
Abu Dovud rivoyatlari
89/6. Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Kim azon eshitganida, «Allohumma robba hazihid da’vatit tammah vassolatil qoimah,
ati Muhammadanil vasiylata valfaziylah vab’ashu maqomam mahmudanillaziy va’adtah»,
desa, unga shafoatim hosil bo’ladi», dedilar. Imom Buxoriy rivoyatlari
90/7. Muoviya (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muazzinning
«Hayya ‘alal falah», deganini eshitsalar:
«Allohummaj’alna muflihiyn», der edilar». (Ma’nosi: Ey Allohim, bizlarni najot
topganlardan qil.) Ibn Sunniy rivoyatlari
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Dostları ilə paylaş: |