Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/42
tarix14.12.2022
ölçüsü169,22 Kb.
#120963
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
32
458. Odamlarni murosaga keltirish uchun ularga yaxshi gaplarni tashigan kishi yolg’onchi 
hisoblanmaydi. 
459. Yonida qo’shnisi och turib, o’z qornini to’yg’azib yuradigan odam mo’mini ko’mil emas. 
460. Odamlarni sulhga keltirish, arazlashganlarni yarashtirish uchun gapirilgan yolg’on gapning 
zarari yo’qdir. 
461. Haqiqiy mo’min ta’na qiluvchi, la’nat aytuvchi, haqoratlovchi yoki laqma bo’lmaydi. 
462. Haqiqiy dushmaning, agar uni o’ldirsang savobga, u seni o’ldirsa jannatga erishadiganing 
emas, balki o’z pushti kamaringdan bo’lgan (noqobil) farzandlaring va qo’l ostingdagi molu 
davlatingdir. 
463. Hech kim hech kimdan ortiq emas. Ortiqlik faqat dinu diyonatda va solih ishlarda bo’lishi 
mumkin. Behayo so’zlovchi, baxil, qo’rqoq odam uchun boshqa yomon sifatlar ikkinchi darajalidir. 
464. Irim qiluvchi yoki irim qildiruvchi, folbinlik qiluvchi yoki folbinga boruvchi, sehr qiluvchi yoki 
sehr qildiruvchilar bizlardan (ya’ni mo’min) emaslar. 
465. Birodarlarini aldovchi, ularga zarar yetkazuvchi yoki ularga makr hiyla qiluvchi odam bizlardan 
(ya’ni mo’minlardan) emasdir. 
466. Kimki kichiklarga rahmu shafqatli, kattalarga izzat-ikromli bo’lmasa, u bizlardan emasdir. 
467. Hasadgo’ylik, chaqimchilik va folbinlik qiluvchilar mendan emaslar, men ham ulardan 
emasman. 
468. Inson garchi o’zi odamlarning biror ishiga yaramagan bo’lsa ham, o’zini osmondagi surayyo 
yulduzi oldidan tushgandek tutishni yoqtiradi. 
469. Agar senga o’zing so’ramay yoki kutmay turib, Tangri podshohlik tomonidan biror molu dunyo 
nasib qilsa, uni yeyaber va o’zingniki qilib olaver. 
470. Mening u narsam bor, bu narsam bor, deyishni yoqtirmayman. 
471. Kishi birodari uchun hikmatli so’zdan ortiqroq narsa hadya qilolmaydi. Chunki shu hikmat 
sababli Tangri uni to’g’ri yo’lga solib qo’yadi yoki yomon yo’ldan qaytaradi. 
472. U qanday erki, xotinini qulni urgandek urib, so’ng kechasi yana u bilan birga yotadi?! 
473. Dilingda biror shubha paydo bo’lsa, darhol uni tark qil. 
474. O’z xizmatkoringning ishini yengillashtirishing sen uchun qiyomat kuni tarozingdagi savobingni 
ko’paytirishga sabab bo’ladi. 
475. Bandaning molu dunyoga qo’ygan hirsi ikki och bo’rining qo’y podasiga qilgan tajovuzidan 
ko’ra zararliroqdir. Zero, bu bilan u o’z dini – imoniga putur yetkazadi. 
476. Jabrail alayhis salom
44
menga domiy ravishda qo’shniga yaxshilik qilishni tavsiya etar edi, hatto 
qo’shniga meros ham qoldirishim kerakmi, deb o’ylab qolar edim. Xizmatkorlarga ham shunday yaxshi 
44
Elchi farishta 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   42




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin