Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
98
— Bo‘lmasa-chi, — davom etdi Virjiniya, — ularga o‘zlarining g‘ururi yordam beradi: “anglos”1 lar 
kelganda ular hech qachon yig‘lamaydilar. Mana gap qaerda. Barcha tuyg‘ularni ular kulgi bilan ifoda 
etadilar. 
Palmer lablarini qimtib olgan Virjiniyaning yuziga yon tomonidan ko‘zining qiri bilan razm soldi. 
— Tuyg‘ularni ifoda etishning bu g‘oyatda cheklangan vositasi, — dedi u. 
— Qo‘shilaman. Ammo ularga qarshi ko‘plab omillar kurashgandi. Birinchidan, vaqt. Ular balog‘atga 
yetganida, shveytsarlar toqat qilolmaydilar va o‘shanda ularni qaytmas qilib haydab yuboradilar. 
Mahallada izg‘ib yuruvchi bunday o‘smir puertorikaliklar kimni tashvishga solmaydi? Qachon 
qaramang, pichoqbozlik qilishga shay turishadi. Shu bois kulib turib pul topish, taqdir zarbalariga 
bardosh berish mumkin bo‘lgan ular bolaligining oltin davri uzoq cho‘ziladi. 
— Ikkinchidan, — deb davom etdi juvon, — ishlab topgan pullari ham ularning o‘zlariga qarshi 
bo‘lib qoladi. Albatta, agar ular barcha topgan pullarini uyga olib kelishsa-ku, olam guliston. Lekin 
loaqal bir necha dollar pulni tugib qo‘yish qo‘lidan keladigan bironta bolani topib bera olasizmi? Bu 
la’nati dollarlar ularning boshiga ozmuncha kulfat keltirmaydi deysizmi! Bisotidagini tortib olish uchun 
bola sho‘rlikni o‘lasi qilib kaltaklashlari yo o‘ldirishlari ham mumkin, yoki u giyohvandchilarga qo‘shilib 
ketadi, yo ichkilikboz bo‘lib ketadi. U hatto to‘pponcha sotib olish uchun ham pul yig‘ishi mumkin. 
— Yoki, — uning gapini bo‘ldi Palmer, — u o‘ziga kostyum sotib olishi, kinoga tushishi, to‘yib 
ovqatlanishi mumkin. Nima uchun siz uni pullarini faqat halokatga eltish uchun sarflaydi deb 
o‘ylaysiz? 
Juvon to‘xtadi va unga yuzlanib turib oldi. Uning qo‘li Palmerning bilagidan sirg‘alib tushdi. 
— Aytmovdimmi, gaplarim sizga yoqmaydi deb, xushaxloq do‘stginam. 
— Men boshqa imkoniyatlarga shama qilmoqchi edim. 
— Bolaligingiz tajribasidan kelib chiqqan imkoniyatlar haqidami? — dedi Virjiniya. Chet el 
avtomashinalari bor vitrinadan tushgan charaqlagan nur ostida diqqat bilan Palmerning yuziga 
qarayotgan ko‘zlari yana kattalashgandek, yanada qoraygandek tuyuldi. — Yo‘q, siz shunchaki Nyu-
Yorkdagi ko‘cha bolalari hayotini tushunishga qodir emassiz. 
— Harakat qilayapman-ku. 
— Yoki pul ular uchun nima ekanini tushunishingiz kerak. Bir kuni menga o‘zingizning pulga 
bo‘lgan barcha qarashlaringizni bayon etgandingiz. Esladingizmi? Siz pul — hayotingizdagi asosiy omil 
degandingiz. Shunday emasmi? 
— Ha. 
Mana bu bolalar uchun, — dedi unga Virjiniya, — pul — bu xaloskorlik to‘lovi. Ular pullarini pala-
partish va tez sarflab yuborishlari sababi shunda, ularni barbod etuvchi hayotdan sitilib chiqishiga 
bo‘lgan yengilmas ehtiyoj yelkalaridan bosib turadi, bu hayotda ular o‘zlarini mayda, ko‘zga 
ilinmaydigan jondorlar deb biladilar. Pul esa ularga darhol kuch va ma’no baxsh etadi. Pul — bu 
to‘pponcha, u ularga o‘zlarini atrofdagilardan bir kalla baland deb his etish imkonini beradi. Yoki bu 
bir shisha achchiq va arzon vino. Yoki nasha. Ammo bu zinhor qorin to‘ydirmaydi, bir stakan koka-
kola yoki varaqi somsa emas. 
— Oh, o‘ylasang badaning jimirlab ketadi, — dedi Palmer juvonning ko‘zlariga qarashga harakat 
qilib. — Bu bolalarning yoshi nechada ekan-a? Oltimi, yettimi?... 
— Yo‘q. — Juvon e’tiroz ila boshini chayqadi: — Ulardan bittasi nari borsa o‘nda. Boshqasi o‘n 
birda yoki o‘n ikkida ham bo‘lsa kerak. 
— Unda men chamalay olmas.... 
— Ha, bu shunday, — uning so‘zini bo‘ldi juvon. — Men bu ikkala bolani bilmayman, ammo 
ularning yoshidagi bolalar odatda hamma narsani bilib olgan bo‘ladilar. Hatto ayollar bilan jinsiy aloqa 
ham qiladilar. 
— O’n yoshda-ya? — Shu asnoda usti ochiq va o‘rindiqlarga yaltiroq charm qoplangan oq 
“mersedes” ularni quvib o‘tdi. Haydovchi yonida o‘tirgan baland bo‘yli zarrinsoch juvon Palmerning 
gapiga ta’nali o‘girilib qarab qo‘ydi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin