Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
100
— Nega endi? Axir biz birga ishlaymiz va bitta ishni bajaramiz-ku. 
— Men boshqa qizlarga xalaqit berishim mumkin, — dedi Virjiniya. Palmer qovog‘ini uydi: 
— Unikida allaqanday qizlar bo‘lishini birinchi marta eshitayapman. 
— Sizga bu haqda hech kim ma’lumot berishi shart emas. 
— Menga u yerda sof ish yuzasidan suhbat bo‘ladi deb aytishgan. Bunday bo‘lmasligiga 
ishonchingiz komilmi?  
— Komil emas-u, ammo taklif yo‘sini baribir mening haqligimdan darak berib turibdi. 
— Berns “ma’qul yigitlar” bilan suhbat bo‘ladi degandi. U kimlarni nazarda tutgan bo‘lmasa? 
— Tashvishlanmang. U yerda nima talab etilgan bo‘lsa, hammasi bo‘ladi. Livan chakkibosari 
tajribasiga tayaning. Siz uchun bu oqshom behuda ketmaydi. 
Palmer toqatsizlik bilan aftini burishtirdi: 
— Siz jiddiyroq bo‘lsangiz-chi. Men erkaklar haqida gapirayapman, axir. 
— O, hammasi joyida bo‘ladi. Xuddi eng yaxshi xonadonlardagidek, — jilmaydi juvon unga 
javoban. — Xo‘sh, nima bo‘ladi? Siz, aftidan, rostdanam tashvishlanayapsiz, chog‘i? Nahotki, Berns 
sizni o‘z oqshomlaridan bittasiga birinchi marta taklif qilayotgan bo‘lsa? 
Palmer quruqqina jilmaydi: 
— Agar gap shunday oqshomlar ustida ketayotgan bo‘lsa va shubhalaringiz haqqoniy bo‘lsa, unda 
bunday takliflarning kamida o‘n-o‘n beshtasini rad etishdan sizni xabardor qilib qo‘yishim kerak. 
— Nega endi? 
Bu masala uning oldida ochib bergan ayqash-uyqash imkoniyatlarni xayolan bir tartibga solishga 
urinib, u juvonga jim qarab qoldi. Oxiri juvonning qarshiligini qabul qilmaslikka jazm etib, boshini 
chayqadi. 
— Xo‘sh, nega? — Juvonning savolini o‘ziga qaytardi Palmer. 
Bu safar Virjiniya aftiga kinoyali tus berdi. 
— Siz suhbati olinayotganning vazifasini uddalay olmadingiz, — dedi u. — Siz mendan bir-ikki 
jumla ilgarilab ketyapsiz. Bu haqda so‘raganim uchun kechiring. Bunday savollar berishim aqldan 
emasdi. 
— Zinhor unday emas. — Palmer yana o‘ylab olishga ulgurmay so‘z qotdi. U tishlarini bir-biriga 
bosdi, biroq yuzidagi eng kichik o‘zgarishni ham juvon sezib turganini fahmlab, o‘z xatosini yengil 
jilmayish bilan suvab yuborishga harakat qildi. 
— Nima bo‘lganda ham bu har doim ma’nosiz emas. 
— Agar bu sizga daxl qiladigan bo‘lsa, umuman har doim emasmi yo shunchaki har doim emasmi? 
Palmer chuqur xo‘rsindi, so‘ng tantanavor ohangda nido soldi: 
— Men shunga asoslanib bu savolga javob bermaymanki, mening javobim aybimga iqror sifatida, 
aybning bilvosita dalili sifatida yoki shuni ko‘rib chiqish holatiga bog‘liq ravishda ishga daxldor 
bo‘lmagan arznoma sifatida foydalanilishi mumkin. 
— Ammo siz prokuror bilan emas, do‘st bilan gaplashyapsiz-ku, — dedi Virjiniya. Juvon biroz jim 
bo‘ldi. — Konstitutsiyaga kiritilgan Beshinchi tuzatish ortiga yashirinishga hojat yo‘q. 
Yigit bunga hech narsa deb javob bermadi. 
— Agar yonimizdagi haqiqat ham do‘st bo‘lsa, — qo‘shib qo‘ydi juvon va quruqshagan lablaridan 
tilini aylantirdi. 
Haddan tashqari ko‘p ichib qo‘yganini Palmer endigina angladi. U har bir so‘zdagi pinhoniy 
ma’nodan cho‘chib qolgandi. O’zi yo‘q xatarlardan xavfsiramoqda, haddan tashqari ehtiyotkorlik 
qilmoqda edi, chunki u rosmana hushyor odamga xos sog‘lom aqlga tayanadigan ahvolda emasdi-da. 
Bu shaharda uning do‘stlari qatoriga qo‘shadigan bironta odam bo‘lsa, u ham Virjiniya-ku. Biroq bu 
haqda uning o‘ziga aytish o‘rniga u yana o‘z ovozini eshitdi: 
— Rostdanam shundaymikan? 
 Juvon javob berishga shoshilmayotgandi. Endi Palmerning o‘zi ko‘rib turibdiki, bergan savoli aslida 
g‘irt haqoratdan boshqa narsa emas. U bir umr qanday ish tutib kelgan bo‘lsa, ko‘ra-bila turib yana 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin