Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
101
shunday ish tutganini tushundi: atrofidagilarni o‘zidan ma’lum masofada saqlab turardi. Ammo, 
nahotki, u hozir ham shunday qilayotgan bo‘lsa? Nahotki, masofani o‘zining Virjiniya bilan 
munosabatlarida ham saqlamoqchi bo‘layotgan bo‘lsa? 
— Bunday savol javob berishga arzimaydi deb o‘ylayman, — dedi Virjiniya. U go‘yo politsiya 
mashinasining lip-lip qilgan qizil chirog‘ini yana ko‘rishni xohlayotgandek Uchinchi avenyuga indamay 
ko‘z yugurtirmoqda edi. 
— Do‘stlik uchun kamida ikki jihat talab etiladi, u bir jihatli bo‘lishi mumkin emas, — dedi juvon 
asta va o‘ychan holda. Biroq u yigitga o‘girilganda, Palmerning nigohidagi nimadir uni qo‘shimcha 
qilishga majbur etdi: — Harholda men o‘zimni sizga nisbatan do‘st tutishga harakat qilaman. 
Palmer bosh irg‘adi: 
— Bilaman. 
— Bu munosabat... — Juvon taraddudlandi, biroq baribir gapini oxiriga yetkazishga ahd qildi. — Bu 
munosabat ortida qandaydir shaxsiy majburiyatlar yashirinmaydi. Siz to‘g‘ri aytgansiz: bizlar 
barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib bitta ishni qilamiz. Nega endi bizlar do‘st bo‘lmasligimiz kerak? 
Tamom, vassalom. 
— Bilaman, — dedi yana Palmer, — men j... j... — U birgina sirni aytishga to‘satdan qiynalib 
qolganidan xijolat tortib, ko‘zlarini pirpiratdi. U chuqur nafas oldi. — Men juda sizdan minnatdorman 
buning uchun. Rahmat. 
Juvon asta qo‘lini ko‘tardi, uning uzun va ingichka barmog‘i bir lahza yigitning yuziga to‘qindi. Bu 
barmoqning qanaqadir issiq tuyulib ketganidan u lol qoldi. 
— Bu gapni aytish uchun siz ozmuncha kuch sarflamadingiz. To‘g‘rimi? — Juvon jilmaydi. 
Palmer ikki bor “ha” degandek bosh irg‘adi, uning gapirishga majoli qolmagandi. 
— Mayli, hechqisi yo‘q, — past ovozda dedi juvon. U katta-katta ko‘zlari bilan yigitning yuziga 
diqqat ila, shoshilmay razm solib chiqdi. — Agar kerakli so‘zlarni topish sizga shunchalik qiyin 
bo‘layotgan bo‘lsa, buni men eng yaxshi lutf deb qabul qilaman. Xayrli tun. 
Juvon orqasiga burildi-da, Uchinchi avenyu bo‘ylab yuqoriga qarab ketdi. 
 
 
Yigirma birinchi bob 
 
Mak Berns shaharda kvartira olgan uy Ist River qirg‘og‘idagi eng zamonaviy bino edi. Uning butun 
old qismini balkonlar safi qoplagan. Balkonlar shunday joylashganki, har bir kvartira yashovchisi 
daryoni tomosha qilib zavqlana olardi. O’n sakkiz qavatli bu bino shaharning eng serqatnov 
avtoyo‘llaridan birida qad ko‘targan edi. Munitsipial mulk hisoblanuvchi tomorqalar ustidagi bohavo 
joylarni xususiy odamlarga sotish ancha serdaromad bo‘lib, shahar xazinasini to‘ldirishning ishonchli 
usuli edi. Bu g‘oya shahar boshqarmasi vakillaridan biri, o‘tmishdoshidan ko‘ra ishbilarmonroq bir 
odamga tegishli edi va aynan u havo savdosida pinhon yotgan cheklovsiz va ancha daromadli 
imkoniyatlarni hisobga olgandi. 
Palmer panjara oldida turar va boshini orqaga tashlab, bu muhtasham binoni tomosha qilar, 
bamisoli osmonda parvoz qilayotgan bu  kenglik uy egasiga qanchaga tushishini o‘zicha xomcho‘t 
qilishga urinardi. Qiziq, aynan shu tumandagi havo qancha turarkin, shaharning boshqa 
qismlaridagidan bu yerda qimmatroqmikin? Shahar hokimiyatidagilar xaridorga rasamaddagidek qilib 
topshirishdan oldin bu havoni tozalash, uydan qurum va zaharli gazlarni yo‘qotish g‘amini 
yeganmikanlar? Tijorat uchun  foydali bu havo qatlamlari shahar uzra qancha balandlikkacha 
yastlangan? 
Agar, xudo ko‘rsatmasin, bu qimmatli havoning bir qismi Atlantika okeani uzra uchib tushib, 
sharqqa qarab, suvdan o‘n ikki millik sarhaddan chetroqqa suzib ketsa-chi? Undan ham yomoni: u 
g‘arbga tomon, Vihouken shahrining qovoqmiya otalari uni kimoshdi savdosida pullab yuborishga 
qaror qiladigan Nyu-Jersi tomon surib ketishi ham mumkin-ku! 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin