Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
106
Berns Palmerning qo‘liga zalvorli qadahni zo‘r berib ushlatmoqchi bo‘lardi: 
— Menga qara, men hali ichishdan bosh tortadigan bankirni ko‘rmaganman. 
— Ehtimol, — ma’qulladi Palmer. 
— ... va ko‘radiganini ko‘rdi qizgina, — davom etdi Ougi Prins. — Hammasi miridan-sirigacha 
hisob-kitob qilib qo‘yilgandi. O’qishga unga 40 soniya vaqt qolgandi, shunda... Uh! Byulletenning 
so‘nggi satrlarini u qanday o‘qiganini bir eshitganingda bormi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga! Azbaroyi 
kishnaganimizdan eshittirish tugaganini bilmay qolayozibmiz. Shunda biz qizaloqni olib oldik-da, 
keyingi reportaj boshlanishidan oldin ko‘z ochib-yumguncha studiyadan chiqib ketdik... Kulaverib 
ichagimiz uzildi! — Kulgidan Kalxeynning o‘pkasi uning bosqonday ko‘ksini badtar shishirib yubordi. 
Biroq arslon o‘kirigi o‘rniga Palmer, vo ajabo, nima desa bo‘ladi, mushukning miyovlashiga o‘xshagan 
ingichka ovozni eshitdi, xolos. 
— Menga qara, Ougi, — dedi Kalxeyn, — balki banket vaqtida notiqlarning birontasi bilan shunaqa 
bir tomosha ko‘rsatsam bo‘lar? 
Prinsning quloqteshar qag‘illashi Palmerning eshitishiga yo‘l qo‘ymadi. 
— Bilasanmi, men bunga tavakkal qilolmasdim, Vik, — javob berdi u, yelpinib. — Yigitcha men 
bilan shunaqangi o‘chakishib qolganki, bir haftadan beri undan qochib yuribman. 
— Nima, u sening ta’ziringni berib qo‘ymoqchimi? 
— He-yo‘q, u haligi qizning ismini bilmoqchi, xolos, — dedi Prins, — men esa unga aytmayman. 
Palmer devorlarni zirillatib yuborgan qah-qah kulgi ovozidan yuzini burishtirdi. Uning yonida turgan 
Berns zavqlanganidan nuqul “qoyil-qoyil” derdi. Konnning keskin va chiyilloq kulgilari mittigina, ammo 
gajir laychaning akillashini eslatardi va Prinsning hayajonli chiyillashini panalab turardi. Kalxeynning 
ko‘s nog‘ora gumburini eslatuvchi bir maromdagi qahqahasi ushbu ilhombaxsh ansambl uchun 
tagzamin bo‘lib xizmat qilardi. 
— Ougi, — deb gap boshladi El Konn, — agar sen faqat... 
— He-yo‘q, sen ham, do‘stim, uning nomini bilmaysan! — asta qichqirdi Prins. 
Palmer yangi qahqahalarning bir daqiqalik to‘lqinidan foydalanib, xonani kesib o‘tdi va to‘g‘ri 
Kalxeynning ro‘parasidagi o‘rindiqqa borib cho‘kdi. Xonaga bamisoli voiz yoki bo‘lmasa shu yerda 
hozir bo‘lganlardan birontasining xotini kirib kelganday bo‘ldi. Oraga chuqur sukunat cho‘kdi va birdan 
Palmerning miyasiga senga uncha tanish bo‘lmagan tor davraga tushib qolganingda ma’lum 
qulaylikka ega bo‘lasan va qarshi ovoz berishga o‘xshagan huquqni qo‘lga kiritasan degan gap kelib 
qoldi. 
To‘rttalalari xavotir bilan Palmerga tikilib qolishdi. Ularning durustgina tajribasiga qaramay, yuzaga 
kelgan keskinlikni qanday yumshatish yo‘lini darrov topa olishadi. Nihoyat Konn yana kulib yubordi, 
faqat bu gal boshqacha, go‘yo zavqli, ammo Palmerning jirkanch voqeaga hech qanday aloqasi 
bo‘lmagan voqeani eslagandek kuldi. 
— Bilasizmi, nima demoqchiman, — nasihatomuz gapirdi u, — modomiki biz hali kuchli 
qobiliyatimizdan mahrum bo‘lmagan ekanmiz, bu yorug‘ dunyoda yashasa bo‘larkan! Endi uyning 
egasi sifatida Berns tomoshaning birdan keskin rivojlanishiga rahbarlik qilish tashabbusini o‘z qo‘liga 
oldi va bu spektaklning ikkinchi ko‘rinishiga o‘tdi. 
— Shunday qilib, sho‘x bolalar, — dedi u, — shuni sizlarga eslatib qo‘yayki, Olbanida qonun 
chiqaruvi yig‘ilishning navbatdagi  sessiyasi ochilishigacha rosa bir yarim oy qoldi. 
— Voy-voy, o‘ldik! — oh tortdi Kalxeyn, kulgili tarzdagi nochorlik bilan o‘zining shotiday qo‘llarini 
osmonga ko‘tarib. 
— Mak haq, — teran ma’noli qilib dedi Konn. — Olishuv bo‘lishi muqarrar, bir balo qilib bu tugunni 
yechmasa bo‘lmaydi: yo ostidan, yo ustidan! 
Palmer ko‘zlari ochko‘z bu odamga qiziqish bilan qarab qo‘ydi. Bir jumlada bir emas, bir necha 
ma’no anglatadigan tashbeh ishlatish har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi. 
— Menga ma’lum bo‘lishicha, — gap boshladi Palmer, — birinchidan... 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin