Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
135
Ular o‘yga tolgancha birpas turib qolishdi. Birdan Palmer juvonni qo‘lidan tutib turganini payqadi. U 
barmoqlarini yoymoqchi bo‘lgan edi, biroq harakati haddan tashqari aniqligidan qo‘rqib ketdi. 
— Mayli, — uning qulog‘iga kirdi, — qo‘limni qo‘yib yuboravering. 
— Nima? 
Yigitni quyuqlashib kelayotgan qorong‘ilikda yaxshiroq ko‘rish uchun Virjiniya o‘girilib oldi. 
— Hechqisi yo‘q, — dedi u deraza tomonga odim tashlab va shu bilan birga qo‘lini bo‘shatib. — 
Hechqisi yo‘q. 
Palmer oqshom osmoni uzra juvon qiyofasining xira shaklini kuzatardi. Zaif nurdan jimir-jimir qilib 
turgan oqshom ko‘lkasi Virjiniyani uning yonida turganidagidan ko‘ra balandroq qilib ko‘rsatardi. Yigit 
uning yoniga bordi. 
— Siz bir narsani bilib qo‘yganingiz yaxshi, — dedi Palmer juvonga emas, balki derazaga qarab, — 
chikagoliklarga dunyoviy sayqallik yetishmaydi. 
— Mening nazarimda, ularda ko‘p narsa yetishmaydi. 
— Masalan?... 
Palmer uning bosiq xo‘rsinganini eshitdi. 
— Yurak, — oxiri dedi juvon. 
— Bizlarga qancha buyurgan bo‘lsa, shuncha berilgan. 
— Undan ortiq emas. Lekin sizlarning ba’zingiz, aftidan, shuni ham his etmaysiz. 
— Mening Berns bilan sovuq muomala qilganim uchun shunday dedingizmi? 
— Zinhor yo‘q. — Juvon oldinga egildi, uning do‘ng peshonasi deraza oynasiga tiraldi. — Ba’zida 
o‘ylab qolaman, Nyu-Yorkda muvaffaqiyat qozonish uchun sizlar shunday bo‘lishingiz kerakdir ham. 
— Endi men mutlaqo hech narsa tushunmayapman. 
— Daryoga bir qarang, — dedi juvon. — Bir zaylda yaltirab turadi. Qop-qora, tez, yashirin oqimlar, 
g‘ayur suvosti toshlari va ular oralig‘idagi noma’lum ilonizi yo‘llar. Har zamon-har zamonda menga 
shunday tuyuladiki, faqat muzdek zirhli yurakka ega bo‘libgina bu shaharda omadli bo‘la olasizlar. 
— Mening o‘z rentgen suvratlarini ko‘rmaganimga ancha bo‘ldi, biroq... 
Ikkovi anchagacha jim qoldi. 
— Ammo men ko‘rib turibman, — oxiri dedi juvon. — Ichingizda turli odamlarning qandaydir 
qorishmasi bor. Qo‘shaloq ko‘rgazma buyumiga o‘xshash bir nima kelib chiqadi. U yerda qaynoq 
odam va muzdek odam bor.  
— Har kimda shunaqa. 
— Rostdanmi? 
— Menimcha, ha. — Palmer xiyol u tomonga burildi va juvonning uni zimdan kuzatayotganini ko‘rib 
ajablandi. 
— Qaynoq odam seni musibatga giriftor qiladi. Sovuq odam undan chiqib olishga yordam beradi. 
— Musibatga? 
Yigit noaniq qo‘l silkitib qo‘ydi: 
— Asoratlar. Ziddiyatlar. Qiyinchiliklar. 
— Bu musibat emas, — yumshoq ohangda e’tiroz bildirdi javon, — bu shunchaki hayot. 
— Bordi-yu, siz ham bo‘lsangiz, unda hayot — ming karra iflos narsa. 
— Shundoq ham. 
— Tartibsiz hayot, —  qo‘shib qo‘ydi Palmer. 
— Juda. 
— G’oyatda mungli. 
— Har doim. 
— Ishongim kelmaydi, — dedi yigit. — Bu... bu... — U yana noaniqlik bilan qo‘l silkib qo‘ydi va 
qorong‘ida juvonning qo‘liga tegib ketganini sezdi. So‘ng juvonning barmoqlari uning qo‘lidan 
tutganini his etdi. 
— Sarosimaga solib qo‘yuvchi hayot, — dedi yigit. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin