Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
138
Palmer qo‘liga qaradi va soatini olib qo‘yganini ko‘rib, hayron bo‘ldi. Berns karavoti yonida turgan 
safar budilnigining tsiferblatiga tikilib qaradi. 
— Sakkiz yarim, — javob berdi u. Uning ovozi go‘yo uzoq tanaffusdan so‘ng to‘satdan bor kuchi 
bilan yurgizib yuborilgan eski uskunaga o‘xshab g‘oyat bo‘g‘iq va titroq chiqdi. Juvon xo‘rsindi va 
boshini burib, unga qaradi. — U yarim soatda shu yerda bo‘ladi. 
— Hm. 
— Jin ursin! — Juvon qo‘lini cho‘zdi va kafti bilan uning ko‘ksini artdi. Palmer tuklarining yengil 
shitirini eshitdi. 
— Ha, topdim, — dedi juvon, endi butunlay uyg‘onib. 
U Palmerga ko‘ndalang yotib oldi-da, karavot yonida turgan telefon go‘shagiga cho‘zildi. Uning 
siynalari Palmerning ko‘ksi ustidan asta sirg‘alib o‘tdi. Juvon go‘shakni oldi. 
— Eldorado 5-3110 ni ter. 
Raqamni terar ekan, yigit Virjiniyaning go‘shakni uning qulog‘iga qo‘yganini, o‘zi esa boshini uning 
boshiga yopishtirib olganini sezdi. Go‘shak ikkovining o‘rtasida bo‘lib qoldi. — Uoldorf Tauers, — 
telefonchi qizning ovozini eshitdi Palmer. 
— Mister...m-m... mister Karmodi, — iltimos qildi Virjiniya. 
Biroz jimlikdan keyin telefonchi qiz javob berdi: 
— Mister Karmodi bir oyga bir joyga ketgan. 
— Unda menga... m-m... mister Dreshlarni bering. 
— Bir daqiqa. 
Go‘shakni olgunlaricha talay vaqt o‘tdi. 
— Ha, — erkak kishining ovozi keldi. 
— Mister Berns shu yerdami? 
— Bilmadim, kim so‘rayapti? 
— “Yunayted benk”dan miss Kleri. 
— Birpas sabr qiling. 
Ular yonma-yon yotgancha kuta boshlashdi. To Bernsning ovozini eshitgunlaricha yana ancha vaqt 
o‘tdi. 
— Panja, meni bu yerdan qanday qilib topding? 
— Sen hali ham Uoldorfda ekansan-ku. Uyga 9.30 da kelaman deb laqillatishingga balo bormidi?  
— Sizlar hali ham o‘sha yerdamisizlar? 
— Men bir soatdan beri uydaman, endi butun oqshomga chiqib ketayapman. Faqat odamni ahmoq 
qilganingni do‘stona aytib qo‘ygani telefon qilayotuvdim, xolos. 
— Palmerning rosa jahli chiqqandir-a? 
— Muzday sovuq. Uning qo‘li tekkan narsa muzga aylanib qolayapti. Ertasiga ertalab uning oldiga 
kelganingda issiq palto kiyib ol. 
— Shu qadar sovuqmi? 
— Sibir. — Juvonning qo‘li Palmerning ko‘kragi bo‘ylab pastga harakat qildi va kindikkacha yetdi. 
— O’lguday sovuq nusxa. — U Palmerning qornini siypalay boshladi. 
— Hech ilojini topolmadim, izladim, — o‘zini oqladi Berns. — Buning ustiga men unga kerak 
bo‘lganimdan u menga ko‘proq kerak. 
— Sen nohaqsan. Uning o‘zi qoyil qiladi. — Juvon Palmerning qornini bosdi, biroq erkak og‘riqni 
sezgunicha qo‘yib yubordi. — Nima bo‘lganda ham kelasi safar butun tunni boshqa mijoz bilan 
o‘tkazishdan oldin ikki marta o‘ylab ol. 
— Kim o‘tkazar ekan butun tunni? 
— Sen. Palmer seni kutmay qo‘ygandan keyin. 
— To‘g‘risini aytsam, men baribir 9.30 ga ulgurmas edim. Uning uchrashuvni bekor qilganidan 
boshi osmonga yetdi. Biz bu yerda soat 6 dan beri o‘tiribmiz va endi ishning yarmini qiloldik. 
— Menga sening pullaring bo‘lsa bo‘lgani, Mak.  


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin