Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   297
bankir lesli uoller

 
 
Broud-stritda Palmer taksidan tushdi. Har safar Nyu-Yorkka kelarkan hayron bo‘lardi: Chikagoga 
nisbatan bu yerda taksi naqadar arzon. YuBTK idorasining binosini ko‘zdan kechirayotgan Palmer bir 
necha soniya yo‘lakda turib qoldi. 
Eng yirik banklarning ko‘p sonli filiallaridan har biri bosh idoradan ko‘ra hashamatli ko‘rinardi. 
Ulkan g‘ildiraklarda gardish hamisha o‘qdagi tiqinga nisbatan tez aylanadi. Bu yerda esa, Palmerning 
ro‘parasida xuddi o‘shanday tiqin mana men deb tururdi. 
Bundan o‘ttiz yilcha oldin mana shu hashamdor, xunukdan-xunuk bino xuddi yerdan o‘sib chiqib, 
qad rostlagandek bo‘ldi. Lekin o‘sha paytlarda ham mana shu o‘n sakkiz qavatli imorat zamonaviy 
emasdek, eski uslubda qurilgandek ko‘rinardi. 
Palmer uning ijodkorlari — bank direktorlarining niyatlarini aniq tasavvur etdi. Mazkur binoni qurish 
g‘oyasi, aftidan, 1921 yilgi mashhur birja vasvasasidan keyin, yigirmanchi yillar shov-shuvi avjiga 
chiqqan paytda, turg‘unlik arafasida vujudga kelgan. Bank idorasiga o‘shanda yuzlab shunday 
loyihalar qalashtirib tashlangan bo‘lsa kerak. Binoning qanday bo‘lishi to‘g‘risida bahslashuvlar 
bo‘lgani turgan gap. O’shanda ham hamisha bo‘lganidek, Ehtiyotkorlik Beg‘amlikka qarshi 
qo‘yilgandir. Ha, umuman bir milliard dollar o‘sha davrlarda ham qudratli parvozdan dalolat 
berolmasdi. Buning ustiga «Yunayted benk» katta dabdabalarga unchalik intilmasdi ham. Ko‘pchilik 
avlodlarga YuBTKning turg‘unlik davridagi turli kompaniyalarning qo‘shilishidan ancha oldin 
atrofdagilardan mustaqil ravishda rivojlanish huquqiga ega bo‘lgan  qudratli kompaniya sifatida 
tasavvur qilinardi... 
Birinchi qavatda joylashgan, omma uchun mo‘ljallangan zalga faqat bitta aylanma eshikdan 
kirilardi. Palmer eshik tepasidagi yashil rang marmarga o‘rnatilgan, tilla suvi yuritilgan devoriy soatga 
ko‘z tashladi. Berkxardt tomonidan belgilangan uchrashuvga besh daqiqadan oshiq vaqt qolgandi. 
U eshikning sayqallangan yog‘och romini asta itargan edi, salmoqli oynavand shisha sekin aylandi. 
Palmer o‘zini kattakon zal ichida ko‘rdi. 
Eshikdan chap tomonda ulkan stol atrofida ikki bank xizmatchisi o‘tirardi. Ulardan biri tilla hoshiyali 
taqvimga qandaydir belgilar qo‘yardi. O’ng tomonda oq yo‘l-yo‘lli yashil marmar devor cho‘zilib ketgan 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin