Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
147
— Jiddiy aytayapman, — dedi Palmer. 
— Ishlar qalay, mister Jiddiy? — gap qotdi Jerri. — Sizga mister Shubhani tanishtirishga ruxsat 
bering, Mister Shubha, mister Jiddiy bilan tanishing. Mister Jiddiy, tanishing... 
— Bas qil-e, — uning gapini bo‘ldi Vudi. — Senga kechroq yotishga ruxsat tegdi, men esa bundan 
qiynalishim kerak. — U Palmerga norozi qiyofada qarab qo‘ydi. — Bu adolatdan emas, dada. Siz doim 
uning tarafini olasiz. 
Palmer o‘g‘liga qaradi; bo‘yi deyarli uning bo‘yi bilan teng — 180 sm. Agar bryunet bo‘lganida, 
allaqachon qalinlashib qolgan murtlarini qirdirgan bo‘lardi; ovozi ham otasidek bosiq, salmoqdor bo‘lib 
qolgandi. Qiziq, agar peshonasiga yozilgan bo‘lsa, Vudining kap-katta odam bo‘lishi uchun qancha 
vaqt kerak bo‘larkan? Shu zahoti u yana noto‘g‘ri yo‘ldan borayotganini anglab qoldi: Jerri aqlli, jasur, 
dangalchi edi, Palmer esa o‘g‘lining undan qolishmasligini istaydi, chunki u opasidan uch yosh katta 
edi-da. Palmer yana bir karra, o‘g‘lim bilan qizimga bir andazadan qaramasligim kerak, deb eslatib 
qo‘ydi. 
U o‘g‘liga jilmaydi-da, uning qo‘lidan siladi. 
— Men singlingga yarim soat berayotganim sababi shundaki, u baribir bermaganimga qo‘ymaydi. 
— Bilaman, — rozi bo‘ldi Vudi. — Nega yangi ko‘ylak kiyib oldingiz? 
— Bossnikiga mehmonga ketayapman. 
— Anovisi ham top-toza edi-ku? 
— Uh, — dedi Jerri, — bunaqa gaplarni eshitgandan ko‘ra borib yotganim afzal. 
Bolalari uni eshikkacha kuzatib qo‘yishdi. U yerda Jerri otasini yana bir marta quchoqladi va o‘pish 
uchun qoq miyasini tutdi. So‘nggi yillardagidek, Palmer bir tunga Vudini o‘pishga jur’at qilmadi. 
Ehtimol, u o‘smirdagi izhor etib bo‘lmas hadikni his qilgani uchundir — birdan u bir kun kelib 
parishonxotirlik tufayli uni yosh boladay o‘pib qo‘ysa-chi? Ular qizning boshi osha bir-biriga bosh 
irg‘ab qo‘ydilar va Palmer umuman qo‘lidan kelgan darajada o‘zini  nosamimiy his qilib, o‘g‘liga ko‘z 
qisib qo‘ydi. Bu tuyg‘u o‘rnini qoplash  maqsadida u Jerrini yana bir bor mahkam bag‘riga bosdi. 
Qiz o‘zini orqaga oldi-da, jilmaydi. 
— Bugun sal g‘alatiroqmisiz, — dedi Jerri. — Nima gap? Nima bo‘ldi?  
Lift tomon yo‘l olarkan, u soatiga qaradi. Berkxardtnikiga rosa bir soat kechikayapti. Taksida 
Palmer baribir omadi kelganini angladi. U o‘zining yangi, bevafo er holatiga ko‘nikishi uchun ortiqcha 
vaqtga ega bo‘lgandi. Shuncha ziyrak bo‘lganiga qaramay, Edis bu borada qizi bilan tenglasha 
olmasdi. Ziyofat oxiriga kelib, dedi o‘ziga-o‘zi Palmer, Jerri payqagan bu g‘alati ko‘rinishim, hech 
shubhasiz, beiz yo‘qoladi. 
 
 
O’ttizinchi bob
 
 
Berkxardtning Sentral-parkdan janubda joylashgan shahar qarorgohi ichki zinapoyali ikki qavatli 
odmigina uydan iborat edi. Bino eski va  ancha tor edi; unda bir vaqtlar rassomlar va mashshoqlar 
studiyasi bo‘lar edi. Bank bu uyni 1939 yillarda, uning sohibi bay puli sotib olish huquqidan mahrum 
etilganda olgan edi. Butun qavatni egallagan uzun-uzun xonalar kichik-kichik bo‘laklarga bo‘linib, 
qayta ta’mir qilingandi — faqat eng yuqorigi, ikki qavat balandlikdagi, parkka qarab ochiladigan egik 
derazalari bo‘lgan xonagina bundan mustasno edi. Avtomatik liftda Palmer pastak, ozg‘in, qorachadan 
kelgan 55-57 yoshlardagi bir odam bilan ro‘para bo‘lib qoldi — u qandaydir tanishdek ko‘rindi. Tashqi 
ko‘rinishiga  qaraganda, bu sochi haddan tashqari qora, egnidagi pidjagi rangi jiletiga sira mos 
kelmagan odamning kim bo‘lishidan qat’i nazar, ammo bankir emasligi aniq ko‘rinib turardi: 
suvratfurushmi, impressoriomi-ey... Ikkovlari ham yuqorigi qavatdagi xonaga borishayotgani ma’lum 
bo‘lgach, ular bir-birlariga bosh irg‘ab qo‘yishdi. 
— Mister Palmersiz, shunday emasmi? — so‘radi haligi kishi past ovozda kuchli britan lahjasida. 
Uning katta-katta qora ko‘zlari Palmerga odatdan tashqari tikilib qarar edi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin