Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
150
— Hozirgina Buenos-Ayresdan keldim. 
— Qoyil — dedi Palmer. U o‘z boshlig‘iga qaradi. — Ko‘rinishingiz hayron qolarli darajada yaxshi. 
Turnikda chaqqon harakatlar qilishingiz bilan yigitlarni dog‘da qoldirishingizni xotiningiz so‘zlab 
bergandi. 
— Yo‘q, bu ilgari shunday edi, — guldirab dedi Berkxardt. — Bir lahza u Palmerning qo‘lini 
qattiqroq qisdi. — Endi oldingi valdirashlarim yo‘q, Vudi. O’lguday jonimga tekkan. 
Palmer uning chap yonidan ko‘ksini ushlab qo‘ydi: 
— Soatday haliyam bir tekis urib turibdimi, axir? 
— Hah. Mana bu yog‘idan xavotir olmasam bo‘ladi.  — Berkxardtning mitti oqish ko‘zlari suzildi. 
Aftidan, u ko‘zlarini o‘tkir oftob nuridan qisgandi. U Palmerning qo‘lini qo‘yib yubordi, mushtumini 
tugdi-da, uning ko‘kragi ustidan turtib qo‘ydi. Harakat qisqa bo‘ldi va aftidan, Berkxardt unga hech 
qanday kuch sarflamagan edi. Shunday bo‘lsa ham yaxshigina og‘riq berdi. 
— Sekinroq-da, — g‘udrandi Palmer. — O’rdamchilarga yomon muomala qilib bo‘lmaydi.  
Berkxardt Palmerga yuzma-yuz tursa-da, ko‘zlarini Archerdan uzmasdi. 
— Sezdingizmi, — so‘radi u, — ikki raqamli shaxs har doim sizning sog‘lig‘ingiz g‘amida yuradi? 
— Men vaqtni isrof qilishning eng yaxshi usulini o‘ylab topishim mumkin, — dedi Palmer, — bu 
sizning ajalni kutganingizdan ko‘ra durustroq. 
— Bu qo‘lingizdan keladi, — ma’qulladi Berkxardt haddan tashqari lutf bilan; harholda Palmerga 
shunday tuyuldi. — Buni qanday uddalashni ham bilasiz. 
— Nechta vitse-prezidentni dafn etdingiz, Leyn? 
— Shunga munosib bo‘lganlarnigina. 
Palmer yumshoq kulib qo‘ydi. 
— Touche1 . — U burchakdagi uchala erkak tomonga bosh irg‘ab qo‘ydi. — Borib bank ishlarimiz 
haqida gaplashay. 
Berkxardtning kuchli barmoqlari ayni boya musht tushgan joyda yana tugildi. Palmerning qo‘li 
zirqiraganday bo‘ldi. 
— Biz sen bilan qanaqa gaplashar edik, esingdami o‘zi? — so‘radi Berkxardt. 
— Bir narsa esimda qolgan bo‘lsa o‘lay agar, — javob berdi Palmer, — sizni bankda juda kam 
ko‘rganimdan siz bilan qanday gaplashish ham esimdan chiqib ketibdi. 
— Mening sening ortingda turishim senga aslo kerak emas, Vudi. Tushunishimcha, sen o‘zing 
qoyilmaqom qilib eplaysan. 
— Kim aytdi buni sizga? 
— Mening tonggi gazetalarim. Sen ularda har uch kunda bir, goho undan ko‘proq chiqib turasan. 
— Agar siz har rasmiy ziyofatda prezidiumda pashsha qo‘rib o‘tirishlarim haqidagi xabarlarni 
nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, unda siz haqsiz. 
— Faqat shugina sening tez-tez chiqishingga sabab bo‘lmayotgandir? 
— Sirakuzada kelasi haftada ma’ruzam bor. O’ylaymanki, prezidiumda pashsha qo‘rib o‘tirganimga 
nisbatan bu olg‘a siljish bo‘ladi. 
— Yana qaerda nutq so‘zlaysan? 
Palmer peshonasini tirishtirdi: 
— Bir haftadan keyin Buffaloda. Keyin o‘n kun davomida Bruklinda, Utikda va Rochesterda. — 
Palmer boshliqning o‘z qo‘lini qo‘yib yuborishini kutardi.  
— Jimmi, hech mening nutqlarimni eshitganmisan? — so‘radi u.  
— Bu nima deganing, Vudi? 
— Bank vakili sifatidagi nutqlarimni eshitganmisan? 
— Aytolmayman. 
— Bu kichikkina, g‘oyatda g‘alati tomosha, — tushuntirdi Palmer. — Debocha sifatida, haliginday, 
olamning paydo bo‘lishidan boshlab banklar tarixining maroqli manzarasini qoralayapman. Bobil don 
omborlari. Misr tijorat birlashmalari. Barcha asrlar osha. Bunga, hazil qilib aytganda, rosa besh daqiqa 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin