Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
151
vaqt ketadi. Qarabsizki, men o‘z davrimizda paydo bo‘lib qolibman — qand po‘stlog‘li achchiq hapdori 
va biz omonat banklariga shafqatsizlarcha hujum boshlab yuboramiz. Eshitib qulog‘ingizga 
ishonmaysiz. 
— Sening ma’ruzalar yozishingni bilmas edim, Vudi. 
— Men hecham yozmayman. Ularni yozib berishadi... — To‘satdan Berkxardt uning qo‘lini juda 
qattiq qisib yubordi. Palmerning yuzi bujmayib, qo‘lini bo‘shatish uchun bir chetga chekildi. — 
Shaharda nutq so‘zlaydigan bo‘lsam senga xabar qilaman, Jimmi. Bu zo‘r bo‘ladi, sen nutqimni bir 
eshitib qo‘yishing kerak. 
— Tushunishimcha, — dedi Berkxardt salmoq bilan, — bank ishbilarmonlari oldida nutq 
so‘zlashdan oldin sen o‘z tomoshangni obdon pishitib olar ekansan. 
— Juda topib aytingiz. 
— Lekin oldindan maqtanishga arzimaydi, — deb gapni tugalladi Berkxardt Archerga kulib 
qo‘yarkan. 
Palmer bossning mitti ko‘zlari yana xona burchagida turgan uchala kishiga qadalganini payqadi. 
Uzr so‘rab o‘tirmay Palmer Berkxardtning oldidan ketdi va o‘sha guruhga yaqinlashganda Archibald 
Nikosning so‘zlari qulog‘iga chalindi: 
— ... bugungi iqtisodiyotning ayni mohiyati. 
— Siz haqsiz, albatta, — dedi Kliff Mergendal, — biroq bozorning hozirgi holatida bunday past 
foizli, bunday hajmdagi ta’minlanmagan zayom bir oqshomda hal qilish mumkin bo‘lgan masala 
hisoblanmaydi. 
— Bundan tashqari ham, — gap qo‘shdi Garri Elder, — zayomni to‘lashga berilgan mutlaqo uzoq 
muddatni hisobga olganda, amalga oshishi qiyin reja kelib chiqadi. 
Bahsga tortmoqchi bo‘lganday Nikos o‘sha iljaygancha Palmerga o‘girildi. 
— Bo‘lmasa-chi, — dedi u, — bunday bitimning jamoatchilikka ta’siri qaysidir darajada o‘zidan-o‘zi 
qo‘shimcha ta’minot bo‘lib hisoblanadi. 
— Bu qanaqa bitim bo‘lishi kerak? — so‘radi Palmer. 
— Bu... — Nikos tilini tishladi. Uning chaqchaygan ko‘zlarida besaranjomlik paydo bo‘ldi. 
— Vudi zayom muammolari bilan shug‘ullanmaydi, — dedi Garri Elder o‘zining baland xirildoq 
ovozida. — Bular bank ishlarini muhokama qilgan qisqa maslahatlashuvlarimizga vaqt topishi uchun u 
omonat banklarining mana bu mashmashalari bilan qattiq band. 
— Tushunaman, — javob berdi Nikos. U bir daqiqa jimib qoldi, keyin jilmaydi... — Judayam 
maftunkor xotiningiz bor-da, mister Palmer. 
Suhbatning bu yo‘sinda o‘zgarishi uning chakkasiga tarsaki tortganday bo‘ldi. Palmer javob 
tariqasida lablarini tikkasiga cho‘zib jilmaydi. 
— Rahmat. Hech shunga e’tibor qilmagan ekanman, — dedi u suhbatning avvalgi mavzusiga 
qaytar ekan, — lekin men tafsilotlarni hozir eshitganlarim bilan taqqoslab ko‘rishga harakat qilaman. 
Mening aqlim yetmay turgan yagona narsa — bu hajm haqidagi gap edi. 
— Yarim milliard, — dedi Mergendal, go‘yo pulning haddan tashqari kattaligi uni tashvishga 
solgandek, biroz asabiy holda. 
— Qanaqa foiz me’yori bo‘yicha? — astoydil so‘radi Palmer. — Oltimi? Beshmi? 
Garri Elder chiyillab kuldi va Nikosga ko‘z qisib qo‘ydi. 
— U har birimizning joyimizni solib qo‘yadi, Archi. 
— Besh yarim, — javob berdi Mergendal taklifning oshkora bema’niligidan shikoyat qilgan 
ohangda. — Bu me’yor faxriylar uchun imtiyozli bay puli, jin ursin. 
— Tag‘in yigirma yildan ko‘proq muddatga, — taxmin qilib dedi Palmer. 
— Roppa-rosa yigirma yilga, — uning gapini to‘g‘riladi Mergendal. — Sizga hech qanday 
yo‘riqnomaning hojati yo‘q. 
Palmer yelka uchirdi va Nikosga murojaat qildi: 
— Siz bir narsada haqsiz. Gazetalarning birinchi sahifalariga tushish uchun bu hiyla g‘ayriodatiy 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin