Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
152
hol. Lekin men YuBTKning reklamani qo‘shimcha ta’minot sifatida baholashiga ishonmayman. 
— Bu omadsiz mubolag‘adan boshqa narsa emas, — shoshib gap qotdi Nikos. — Aslida bunday 
holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy munosabat gazetalar uchun shov-shuvli gap emas. U 
bor-yo‘g‘i o‘ziga xos ishonchsizlik ovozi, xolos. Aynan mana shu palla ayniqsa qulay... 
— Menga qarang, — gumbirlab dedi Berkxardt xona o‘rtasidan. — Biz hammamiz allaqachon 
Uoldorfda bo‘lishimiz kerak edi. Tomosha yana 15 daqiqadan keyin boshlanadi. 
Palmerga barcha ovozlar haddan tashqari tarmoqlanib ketganday tuyuldi — bu uning ortidagi 
mehmonlarning o‘rnidan ko‘zg‘algani edi. U o‘z stakaniga qarab qo‘ydi va yana og‘zini to‘ldirib 
ho‘pladi. 
— Men tushunmay turgan narsam shundaki, — murojaat qildi u  Nikosga, yaxshiroq eshitishi 
uchun ovozini ko‘tarib, — bunday iltifotni biz kimga ko‘rsatishimiz kerak? 
— Boshni qotirmasang-chi, Vudi, — dedi Garri Elder. — Yaqinda meni imtihondan o‘tkazganingdan 
keyin ham senga ishonishimni istaysanmi? 
Gap qanday imtihon haqida ketayotganini darhol anglagan Palmer Elderga qaradi. 
— Yo‘q, to‘g‘risini aytayapman, — dedi u, — gapim mutlaqo jiddiy. 
— ... Mashinalar bo‘lishi uchun pastga qo‘ng‘iroq ham qilib qo‘ying, — dedi Berkxardt uning gapiga 
ulab. 
Nikos, aftidan, Berkxardtning e’lonini suhbat mavzuidan qochish uchun qulay bahona o‘rnida 
qo‘llaganidan xursand edi. U jilmaydi va Palmerga bosh irg‘ab qo‘yib, yoni bilan undan nari keta 
boshladi. 
— Ayting-chi, — dedi u, — Fors tanobiysida bugun biz nimani ko‘ramiz? Belafontnimi? 
Palmer yelka qisib qo‘ydi-da, Garri Elderga yuzlandi: 
— Qanaqa firma bu, Garri? 
— Seni bilarsan deb o‘ylagandim, Vudi. 
— Yo‘q, bilmayman. 
— “Jet-Tex interneshnl”. 
Shu oqshom kechroq Palmer Garri tilga kirganida nima uchun xonada birdan jimjit bo‘lib qolganini 
anglashga harakat qildi. Kiyinishga yordam berayotganlarida mehmonlar suhbatni to‘xtatib 
turganlaridandir? Ehtimol, ulardan bir qanchasi allaqachon eshik tomon yura boshlagandir? Nima 
bo‘lganda ham, Garrining so‘zlari deyarli to‘la jimjitlikda sado bergandi. 
Palmer qo‘lidagi stakanning sovug‘ini his etdi. Sovuq yelka kuragigacha zirqiratib yubordi. 
— Jet-Tex? — takror so‘radi u. 
Ancha keyin,  ular fors tanobiysida raqs maydonchasi yonginasidagi stolchada o‘tirganlarida Palmer 
bu sahnani  miyasida qayta va qayta ko‘rib chiqayotganini, uning botiniy ma’nosini anglashga 
qaysarlik bilan harakat qilayotganini, bundan badani sovuq jimirlab ketayotganini sezdi. U so‘zlariga 
quloq solmay qo‘shiqchini kuzatayotir, baribir anavi yoqda, Berkxardtning uyida nima uchun bosh 
aylanishiga o‘xshash bir nimani his etganini anglashga urindi. Nimagadir oyoqlari ostidagi yer o‘yilib, 
chohga tushib ketayotganday bo‘lganini elas-elas esladi. 
 
 
O’ttiz birinchi bob 
 
Kun ertasi ko‘ngilsiz boshlandi. Palmer uyqudan og‘ir uyg‘ondi. Qisman bu xumordan bo‘lsa, 
qisman shuurida kecha oqshom tug‘ilgan noaniq shubhaning o‘zidan edi. Edisning Berkxardtnikidagi 
ziyofatda sodir bo‘lgan ahmoqona qiliqlarini miridan-sirigacha nonushta chog‘ida muhokama qilamiz 
deb oyoq tirab turib olishi ishning badtar pachavasini chiqarmoqda edi. 
Endi o‘z xonasidagi stolda charog‘on qish oftobi tufayli bahaybat yuqorigi deraza qopqog‘ini yopib 
o‘tirar ekan, Palmer Jo Lumis va “Jet-Tex interneshnl” haqida Virjiniya Kleri to‘plagan ma’lumotni 
yana bir karra batafsil o‘rganib chiqdi. Kallayi sahardan bankka kelib, Palmer Virjiniya bilan 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin