Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
154
kerak. 
— Yaxshi, — rozi bo‘ldi Virjiniya, — to‘g‘risini aytsam, xursandman, — to‘satdan uning ko‘zlari 
yanada kattalashib ketdi. — Harholda, — davom etdi juvon, uning ovozi deyarli shivirlab chiqmoqda, 
ko‘zlari esa yigitga tik qarab turardi. — Shu paytgacha mening bironta ishim menga bunday huzur 
bag‘ishlamagandi. Endi bo‘lsa, — uning ovozi yana jaranglab chiqa boshladi va deyarli ishchan ohang 
kasb etgandi, — omonat banklari xususida siz yana nimalar bilishni istar edingiz? 
Go‘yo yelkasidan tog‘ ag‘darilganday o‘zini yengil his qilib, Palmer o‘rindiq orqasiga yotib oldi; 
nazarida bir mehribon qo‘l badanini silab, vujudini yayratayotganday his qildi. 
— Bilasizmi, — dedi yigit, — men sizga bir nechta noqulay savol bermoqchiman, chunki menga 
sizning tayyor bo‘lmagan javoblaringiz kerak. Anig‘ini ayting-chi, omonat banklariga doir mana bu 
jang dastavval qachon boshlangandi? 
— Bu 10 yil muqaddam Olbanidagi qonun chiqaruvchi majlis taklifidan boshlangandi. O’shanda 
omonat banklariga ularning bosh boshqarmasi joylashgan okrugdan tashqarida bo‘limga ega bo‘lish 
huquqi berilgandi. 
— Taklifni kim ilgari surgandi? 
Juvon yelkalarini qisdi: 
— Shtat markazidan majlisning bir necha a’zosi. Menimcha, Nyu-Yorkdan edi. 
— Taklif nima bo‘ldi? 
— U jimgina jon berdi-qo‘ydi. 
— Shundayicha-ya? Hech qanday kurash-purashsiz-a? 
— Hech qanday kurash-purashsiz. — Juvon bir daqiqa o‘ylanib oldi. — Agar omonat banklari 
o‘shandan buyon bo‘limlar haqidagi qonun loyihalariga sarflagan barcha pullardan birinchi yiliyoq 
foydalanganlarida edi, dastlabki urinishdayoq g‘alaba qozonilgan bo‘lardi. Ammo bunday qadam 
qo‘yishga hech kimning yuragi dov bermadi. 
Palmer bosh irg‘adi: 
— Buni menga Berns tushuntirib berdi. U bu yillar ichida omonat banklarining bo‘limlari haqidagi 
taklif barcha nusxalarida qonun chiqaruvchilar uchun ortiqcha yuk bo‘lib kelgan. Ayting-chi, ochiq 
kurash qachon boshlangan? Qaysi yilda? 
— Kurash bir necha marta avj olgan. Sakkiz yil burun ham. Besh yil burun ham. Shubhasiz, o‘tgan 
yili yuqori nuqtaga borib yetdi. Siz bugun butunlay boshqacha ko‘rinayapsiz. 
Palmer qovog‘ini uydi. 
— Nega boshqacha ko‘rinarkanman? Qaysi ma’noda? 
— Biroz asabiylashgandaysiz. — Juvon gapidan to‘xtadi-da, boshini saraklatdi. — Mavzuga 
aloqador emas. Men o‘zimga qarashim kerak. Bo‘pti, endi omonat banklari kurashiga qaytaylik. 
— Ha. Nima uchun aynan o‘tgan yili kurash bu qadar keskin bo‘ldi? 
— Qisman shundanki, omonat banklari oldingilardan ko‘proq tazyiq o‘tkaza boshlashdi, — 
tushuntirdi juvon. — Qisman yana shundanki, ular har qanday odob-axloqni bir chetga qo‘yib, 
YuBTKga o‘xshagan yirik shahar banklariga hujum boshladilar. Yana qisman shundanki, Leyn 
Berkxardtning fikricha, ular hujumni endi shaxsan uning o‘ziga qarshi olib bora boshladilar. U ham 
mushtlashuvga bosh qo‘shgandan keyin chinakamiga to‘s-to‘polon boshlanib ketdi. 
— To‘g‘ri. Hamma gap shunda, — dedi Palmer. — Nima uchun oxiri Berkxardt jangga kirishishga 
qaror qildi? 
Juvon yana yelka qisdi: 
— Bu yilning boshida nima bo‘lgan bo‘lsa, o‘shanda ham shunday bo‘lgandi. Jo Lumis “Merrey Xil” 
omonat banki nomidan undan kurashdan tiyilib turishini iltimos qildi. Shuning uchun Berkxardt aynan 
shuning teskarisini qilishga ahd etdi. 
— U bilan Lumis eski do‘stlar, qil o‘tmas ulfatlar, qon dushmanlar emas. Nima uchun Berkxardt 
shunday qilishi kerak bo‘lib qolgan? 
— Aynan shuning uchunki, — dedi Virjiniya, — u do‘stlikning oqibati nimaga olib kelishini angladi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin