Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
170
 
 
O’ttiz to‘rtinchi bob 
 
Palmer G’arbiy Qirq beshinchi ko‘chadagi baliq restoranining to‘rida to‘rt kishilik stolda o‘tirardi. U 
soatiga qaradi, so‘ng farqini bilish uchun devordagi soatga qaradi. Unisi ham, bunisi ham kunduzgi 
birni ko‘rsatib turardi, bu esa Mak Berns va uning mehmoni, gazeta muxbiri, yarim soat 
kechikayotganini bildirardi. 
Palmer ofitsiantning qo‘shni stolda o‘tirgan ikkala kishiga viqor bilan qog‘oz oshxo‘rak — salfetka 
taqishini kuzatdi. Ularga hozirgina lench uchun haddan tashqari ulug‘lik qiladigan omar balig‘i 
tortilgandi. Bor-yo‘g‘i o‘n besh daqiqa muqaddam bu baliqlar tirik edi va ofitsiant ularni 
buyurtmachilarga ko‘rsatgani olib kelganida, baliqning panjalari jon talvasasida titrab turgandi. Endi 
esa harakatsiz qizil omarlar turli-tuman o‘lim qurollari hamlasiga duchor bo‘lgandi. 
AQSh O’rta G’arbining ko‘pgina aholisi kabi Palmer ham dengiz tubi jonivorlaridan tayyorlangan 
taomni xush ko‘rmasdi. Chig‘anog‘i bo‘lgan har qanday jonivorga uning tob-toqati yo‘q edi. Omarlar, 
krevetkalar va krablar unga jahannamdan chiqqan ulkan hasharotlarga o‘xshab ko‘rinardi. 
Chig‘anoqning bir pallasida tortiladigan ustritsa va mollyuskalar unga kuydirib pishirilgan 
shilliqqurtning o‘zidek tuyulardi. Bundan tashqari, O’rta G’arbning ko‘pgina aholisi kabi, u bir narsaga 
sira ko‘nikolmayotgandi, ya’ni Nyu-Yorkda ko‘rishuvga belgilangan vaqtdan juda ham nisbiy darajada 
foydalanadilar, ayniqsa ko‘rishuvda jamoatchilik faoliyatining, deylik, lench kabi turi ko‘zda tutilganda. 
Soat 8 ga mo‘ljallangan uchrashuv hech qachon to‘qqizdan oldin boshlanmasdi. Soat 12.30 ga 
tayinlangan lench esa, o‘ziga o‘zi derdi Palmer, soat birdan keyingi har qanday vaqtni bildiraveradi. 
Shu asnoda uning ko‘zi qandaydir erkak hamrohligida restoranga uchib kirgan Virjiniya Kleriga 
tushdi. Juvon tezgina ichkariga ko‘z yugurtirdi va Palmerni ko‘rib, uning stoli tomon oshiqdi. 
— Uzr, kechikib qoldik, — dedi u nafasini bazo‘r rostlagancha. — Mak menga o‘n besh daqiqa oldin 
qo‘ng‘iroq qilib, kelolmasligini aytdi. Shuning uchun “Star”ga chopdim-da, Jorjni o‘zim olib keldim, — 
Jorjni ko‘rsatish uchun u bir chetga o‘tdi. 
Palmer o‘rnidan turdi. 
— Mister Mollettmisiz? — dedi u qo‘lini uzatib. 
Jorj Mollett Palmerning qo‘lini olib, uni qattiq va betakalluflarcha qisdi. U atrofga ko‘z yugurtirdi, 
paltosini yechdi va o‘tirishidan oldin uni stulga ildi. 
Mollett ko‘rinishi yosh bir kishi edi — qirqlarda bo‘lsa kerak, o‘yladi Palmer. Bo‘yi o‘rtacha, 
chorpahildan kelgan, boshi dum-dumaloq. Yuzi notabiiy darajada qizil. O’zi shunaqami yo dekabr 
sovug‘i natijasimi, Palmer tushunolmadi. Mollettning ko‘zlari xuddi Berkxardtga o‘xshab oqishtob 
moviy rangda bo‘lib, o‘ynab turardi, shu bilan birga sinchkov ham edi. Aftidan, narsadan narsaga 
ko‘chganida ular qisqa, o‘tli nigohlar bilan tasavvurlarni qamrab olayotganday bo‘lardi. Xoh 
Virjiniyaning stolidagi qovushtirilgan qo‘llari bo‘lsin, xoh tuzdon yoki qo‘shni stolda omarxo‘rlik qilgan, 
ko‘kraklariga oshxo‘rak taqqan odamlar bo‘lsin va hattoki Palmer ko‘ylagining yoqasi bo‘lsin — hech 
bir narsa bu o‘ziga xos ko‘zlar hamlasidan chetdan qolmayotganini Palmer payqadi. Ko‘zlaridagi bu 
sinchkovlik, Palmerning fikricha, Mollettning aniq bir shaklga ega bo‘lmagan, ko‘proq ildizpiyozga 
o‘xshab ketadigan burniga sira hamohang emasdi. Bu noyob burun sinchkov ko‘zlarni xaspo‘shlab 
turish uchun maxsus yaratilgan, deb o‘yladi Palmer. Mehmonning og‘zi kichkina, lablari do‘rdoqqina 
edi. O’sha og‘izni ochib, Mollett chiyildoqgina dadil ovozda so‘radi: 
— Nima ichamiz biz? 
Palmer kulib yubordi va ofitsiantga qo‘l siltadi. 
— Bemavrid sovuqni qarang-a, — dedi u. — Bironta antifriz buyuraylik bo‘lmasa, xo‘pmi? 
— Viski. Har qanaqasi. — Mollett Virjiniyaga o‘girildi: — Mak juftakni rostlatdi-da, a? Xuddi 
o‘ylaganiday bo‘lib chiqdi, men bilan nonushta qilishga uning beti chidarmidi. 
— Nimaga unday deysiz? 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin