Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
171
Yoqimsiz hidni haydaganday, Mollett qo‘lini sermadi. 
— O’tgan hafta bu yigitcha yolg‘on birja ma’lumotlari bilan meni yomon tuzladi. — U oldinga 
engashdi, tirsaklarini stolga qo‘ydi, ovozini pasaytirdi: — Jinnining ham xayoliga kelmaydigan gaplar. 
Emishki, dividendlar oshishi e’lon qilinarmish, aktsiyalar qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketarmish. Emishki, ikki 
hafta ichida daromadlar ikki baravar ko‘payarmish. Halizamon 80 million dollarga hukumat 
shartnomasi e’lon qilinarmish va shunga o‘xshagan safsatalar. Eshitib, soching tikka bo‘ldi. 
— Sen sotib olmagandirsan? — so‘radi Virjiniya. 
Mollett boshini chayqadi va jilmaydi: 
— Azizam, agar men umuman qachondir aktsiya sotib oladigan bo‘lsam, har qanday odamdan 
maslahat so‘rasam ham Mak Bernsdan so‘ramasman. U buni gazetamizda yozib chiqishimga umid 
qilgandi. Maqola esa aktsiyalar narxini ko‘tarish uchun kerak edi. Oddiy o‘yin. Bundan kulgili narsa 
bo‘lmasa kerak. — U basharasini burishtirdi. 
— Bunaqasi hech qachon bo‘lmagan, — juda jiddiy ohangda dedi Virjiniya, — Nyu-York jurnalizmi 
tarixida uchramagan voqea. 
— Hah! Ammo biz “Star”doshlar bunaqa voqealarga ilakishmaslikka harakat qilamiz. 
— Boshqa gazetalardagi ucharlar shunaqa narsalar bilan shug‘ullanadilar, to‘g‘rimi, Jorj? 
Jorj juvonga qovog‘i ostidan qarab qo‘ydi-da, Palmerga yuzlandi: 
— Siz ajabtovur bir narsaga ega bo‘ldingiz. U bankni egallamasdan qo‘ymaydi. 
Palmer ofitsiantga ichimliklar buyurdi. 
— Kimdir baribir shuni qiladi, — dedi u. Mollettning ko‘zlari birdaniga dum-dumaloq bo‘lib qoldi va 
Palmerga tikildi: 
— Tushunmadim. 
Palmer boshini chayqadi va Virjiniyaga murojaat qildi: 
— Mak nima deb ta’riflagandi? Qo‘rqoqlikmi? 
— Soat birda u Olbaniga uchib ketayapti. 
— Makning bo‘lgani shu, — tasdiqladi Mollett. — Aerodromga yetib olish, ikki motorli shaloq 
mashinada uchish, keyin esa aerodromdan shahar markaziga yetib olish uchun ketadigan vaqtiga
o‘sha yoqqa poezdda ham yetib olsa bo‘lardi-ku. Lekin Mak o‘laqolsa bunday qilmaydi. 
— Tezlikning o‘zi, — dedi Palmer, — goho tezlik haqidagi xayolchalik bo‘lmaydi. 
— Xayol esa, — qo‘shimcha qildi Mollett, — agar siz Mak Berns bo‘lsangiz, voqelikdan ko‘ra ancha 
muhimroq. 
Oraga chuqur sukunat cho‘kdi. Sukunatga g‘arq bo‘lib ketayotganini his qilgan Palmer dedi: 
— Qiziq, modomiki siz Mak haqida shunday fikrda ekansiz, u siz bilan bugun qanday qilib ham 
birga ovqatlanardi? 
Mollett to‘rtburchak barmog‘i bilan Palmerni ko‘rsatib, o‘zining chiyildoq dadil ovozida dedi: 
— Mening bu yerdaligim — sizni ko‘rish uchun, bas. To‘g‘risini aytsam, Mekki Nojning Olbaniga 
uchib ketganidan o‘zimda yo‘q xursandman. 
Viski keltirishdi. Palmer o‘z stakanini ko‘tardi. 
— Dushman o‘rdasidagi sarosimalik uchun! 
Mollett shirin jilmaydi: 
— U kim bo‘lishidan qat’i nazar! 
— Sizga nimani so‘zlab berishim mumkin? — so‘radi Palmer. 
— Siz bir narsani hisobga olishingiz kerak, — gap boshladi Mollett, — bank ishlari bilan 
shug‘ullanadigan yigitchamiz ta’tilda. Mening soham boshqa. Hozir men sizdan intervyu olish 
vazifasini bajarayapman, xolos. Yonimda bir necha ming savoldan iborat uncha katta bo‘lmagan 
ro‘yxat bor. 
— Qaysi mavzuda? 
— Omonat banklari bo‘limlari haqidagi taklifni qanday qilib barbod qilmoqchisiz? 
— Matbuot uchunmi? 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin