Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
172
Mollett kaftini yuqoriga qilib, ikkala qo‘lini oldinga cho‘zdi. 
— Buning uchun menga haq to‘laydilar. 
— Lekin menga buning uchun haq to‘lashmaydi-da, — eslatdi Palmer. — Bir qancha shunday 
masalalar bo‘yicha norasmiy gaplashib olganimizda mendan baxtli odam bo‘lmasdi. Ammo matbuot 
uchun men sizga aytmoqchi bo‘lgan gaplardan bir abzats narsa chiqsa ham katta gap. 
— Keling, shundan boshlay qolaylik. 
Palmer biroz viski ichib oldi. 
— Biz qo‘limizdan kelgancha tez va g‘ayrat bilan odamlar ongiga shuni yetkazmoqchimizki, milliy 
iqtisodiyotimizning hozirgi bosqichida omonat banklari pullarning boshi berk ko‘chasi bo‘lib qolgan; 
shaxsiy omonatlar — yaxshi narsa, ammo bunday omonatlar ko‘payib ketaversa, albatta, yaxshi 
bo‘lishi shart bo‘lmay qoladi; omonatlarning muntazam o‘sishi aslida iqtisodiyotning tabiiy 
rivojlanishini qiyinlashtiradi; shunday qilib, omonat banklarining bosqinchilik talablari jamiyat 
manfaatiga ziddir. 
Mollett biroz o‘ylanib qoldi, so‘ng stakanni ko‘tardi. 
— Men siltab tashlamoqchi emasman, — dedi u muzli viskiga qarab, — ammo siz aytgan gaplardan 
birontasini shov-shuvli yangilik deb atay olmasdim. 
— Bilaman, — unga qo‘shildi Palmer, — biroq matbuot uchun boshqa hech narsa aytolmayman. 
Mollett xo‘rsindi. 
— Unda, keling, norasmiy gaplashaylik. Agar men arziydigan bir narsa ko‘ra olsam, biz buni 
boshqatdan yozib chiqamiz-da, rasmiy tus beramiz. Maylimi? 
— Har holda, bir sinab ko‘rsak yomon bo‘lmasdi. 
Mollett bosh irg‘adi-da, Virjiniyaga qaradi: 
— Bankir uchun yomon emas. — O’sha-o‘sha shirin jilmaygancha u yana Palmer tomonga o‘girildi. 
— Matbuot uchun emas. Hozirgina bayon etgan bo‘lmag‘ur gaplaringizdan hech bo‘lmasa bittasiga 
o‘zingiz ishonasizmi? 
Palmer kinoyali jilmaydi: 
— Matbuot uchun emas, “bo‘lmag‘ur” — bu topib aytilgan so‘z emas. Bu yerda “zaharlash” so‘zi 
ko‘proq mos keladi. Biroq — hamon matbuot uchun emas — men aytgan narsalar iqtisodiy siyosat 
yasaladigan Vashingtonda va boshqa oliy doiralarda muqaddas haqiqat sanaladi. 
— Bankir bo‘lishingiz o‘laroq siz shaxsiy kreditni cheksiz ravishda kengaytirishga qanday qaraysiz? 
— Uni inkor etish uchun bankir bo‘lmoq mutlaqo shart emas, — javob berdi Palmer. — O’z 
mamlakatining farovonligini qadrlovchi har qanday odam buning telbalik ekanini biladi. Boshqa 
tomondan, bu odam shuni ham biladiki, — qo‘shimcha qildi u, — kreditni qisib qo‘yib, biz shunday 
iqtisodiy iskanja ichiga kirib qolamizki, buning oldida 1929 yilgi bo‘hron sekin chalinuvchi valsga 
o‘xshab qoladi. Juda-juda kech bo‘ladi. Yo‘lbarsni dumidan tutdingmi, endi uni qo‘yib yuborib 
bo‘lmaydi. 
— Juda yaxshi, — dedi Mollett. — Iqtibos keltirsam maylimi? 
— Arzimaydi. 
— Yo‘lbarsning dumi borasidagi ta’rifni har kim har xil tushunishi mumkin, — davom etdi reportyor. 
— Masalan, Tammani yo‘lbarsi1  oldida raqs tushadigan bankka nisbatan. Hatto vositachi sifatidagi 
Mak Bernsga ega bo‘lib turib ham. 
Palmer qoshini chimirdi: 
— “Raqs tushadigan” iborasini aniqroq izohlab bera olmaysizmi? 
— Uni qaytib oldim. Keling, boshqacha aytaylik — Tammani ta’siridan o‘z iqtisodiy maqsadlarida 
foydalanadigan bank. 
— Bu haqda mister Berkxardtdan so‘rashingizga to‘g‘ri kelmasmikan deb qo‘rqaman. Mak Berns 
mening sahnada paydo bo‘lishimdan ancha oldin yollab olingan. 
— Agar men Berkxardtdan iltimos qilgudek bo‘lsam, — e’tiroz bildirdi Mollett, — u menga o‘shqirib 
berishi tayin. Men sizdan so‘rayotganim sababi shundaki, siz sog‘lom fikrli odamga o‘xshayapsiz. Siz 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin