Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
174
chiqaruvchilar omonat banklarini afzal deb topdilar. Agar biz Tammani yordamida bir qancha 
nyuyorklikni o‘z o‘rdamizga avrab kiritib olsak, bu o‘g‘rilik bo‘ladimi? 
— Bu Tammanining qaysi yo‘l bilan sizga yordam ko‘rsatishiga bog‘liq. 
— Bu endi Tammanining ishi. 
— Ana-ana, — tilidan tutdi uni Mollett, — mening bir qora tanli do‘stim aytganiday, ayni ilmoqli 
joyga keldik. Siz qanday yo‘l bilan foydalanishingizga javobgar emassiz deb Tammanini pul bilan 
ta’minlayapsiz. 
— Bunga pulning nima daxli bor? Biz Bernsga durustgina gonorar to‘layapmiz. Biroq bu gonorar 
bitta-yarimta qonun chiqaruvchini sotib olishga yetishi amri mahol. 
— Siz hech qachon... — Mollett jim bo‘lib qoldi va boshini chayqadi. — Albatta, yo‘q. Boshqa hech 
kim ham. Men bir narsani so‘ramoqchi edim: siz qachon bo‘lsa ham Makning shaxsiy kirim-chiqim 
daftarini ko‘rganmisiz? O’ylashimcha, u uni hatto onasiga ham ko‘rsatmasa kerak. Biroq bordi-yu, 
agar unga ko‘zingiz tushgudek bo‘lganda, Makning baliqday sukut saqlashga qodir sherigi bor 
ekanidan xabardor bo‘lgan bo‘lar edingiz. Bu indamas, ko‘rinmas, mavjud emas sherik Makning 
daromadlaridan kattagina bo‘lakni o‘ziga oladi. Hech kim hech qachon buni isbotlay olmaydi, biroq 
ismi boru jismi yo‘q bu sherik — Viktor Salvatore Kalxeyndir. 
Palmer yelka qisib qo‘ydi. 
— Sizning shunday o‘ylashga haqqingiz bor. Biroq bu narsa nima uchun Mak Bernsdan boshqa 
biron odamni tashvishga solishi kerak? 
— Sizni hayron qoldirishning o‘zi bo‘lmaydi, a? — hayajon bilan dedi Mollett. — Siz xalq saylagan 
vakillar ovozini sotib ola bilishi uchun kimga pul berish g‘oyasida nojo‘ya hech qanaqa narsa 
topmaysizmi? 
— Albatta, — unga qo‘shildi Palmer. — Bunda ham, urushda ham, ocharchilikda ham, vaboda ham 
qandaydir juda ham nojo‘ya bir narsa bor. Lekin bular bari hayotiy hodisalardir. Nojo‘ya, ammo bor 
narsalar. 
— YuBTK so‘nggi vaqtlarda, — kuruq javob qildi Mollett, — biron-bir urushni, ocharchilikni yoki 
o‘latni moliya bilan ta’minlaganini eshitmaganman. 
— Tammanini ham moliya bilan ta’minlamaymiz. Agar bilishni xohlasangiz, — davom etdi Palmer 
bir tekis va hayajonsiz gapirishga harakat qilib, — omonat banklari Mak Bernsni yollamoqchi 
bo‘lishgan, lekin biz uni ushlab  qoldik. 
Mollett jim edi. U ofitsiantdan viskili yangi stakan oldi va o‘zining to‘mtoq ko‘rsatkich barmog‘i bilan 
uni dasturxonda oldinga va orqaga sura boshladi. Oxiri u ko‘zini ko‘tardi — uning sinchkov nigohi bir 
necha marta Virjiniyadan Palmerga sakradi. 
— Bu juda qiziq, — past ovozda dedi u oxiri. 
— Nima uchun? 
Mollett bir necha bor boshini chayqadi: 
— Intervyu olishga izn bering. 
— Aftidan, bu yangilik sizni lol qoldirdi, shekilli? 
— Yo‘q, shunchaki qiziqtirib qo‘ydi. — Mollett qo‘lini Virjiniya qo‘lining ustiga qo‘ydi. — Seni ham 
bu narsa nahotki qiziqtirmasa, Jinniy? 
— Xo‘p, davom et, Jorj, aylantirma. — U ikkinchi qo‘lini Mollettning qo‘li ustiga tashladi. — Agar 
biron narsa biladigan bo‘lsang, do‘st bo‘l. 
Reportyor yana boshini bir yonga solintirdi. 
— Eshitdingiz-a, — dedi u Palmerga, — “Biron narsa biladigan bo‘lsang, bo‘l. Men bundan 
durustrog‘ini topib aytolmagan bo‘lardim”. 
Palmer uzoq sukutga cho‘mdi. U bir taxminni aytish va shu bilan Mollettning ishonchini qozonish 
uchun eng qulay payt kelganini tushunib turardi. Biroq taxmin shaklida bo‘lsa hamki, bunday izhor 
xavfli edi. Qulay payt kelganda u birinchi bo‘lib e’lon qilmasligi sharti bilangina bunday sirni Mollettga 
ishonsa bo‘lardi. Biroq Palmer bunday shart qo‘yish uchun vaziyatni yaxshi bilmasligini tushunardi. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin