Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə181/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
176
— Menmi? — Mollett ofitsiant unga taqmoqchi bo‘lgan oshxo‘rakni yulib tashladi. — Halol Makka 
shunday qilar ekanmanmi? — U ofitsiantning  uzoqlashuvini kuzatib turardi. — Turli-tuman shubhali 
tadbirlarning siyosiy tashkilotchisi ishonchini qozonuvchi sifatida, — dedi u omarga chaqqon va dadil 
hujum qilar ekan, — men uning ikki jabhaga ishlashni qoyilmaqom qilib o‘rganganini ko‘rdim, xolos. 
— Mollett omarning uzun bir bo‘lagini ko‘tardi, uni qizdirilgan yoqqa buladi va og‘ziga jo‘natdi. Uning 
nigohi tezgina Palmerning yuziga sapchidi. —  Siz bir narsa dedingizmi? — so‘radi u. 
— Ezilib ketdim, xolos, — javob berdi Palmer o‘zining bifshteksiga pichoq urar ekan. Chala 
qovurilish o‘rniga go‘sht tashqi tomonidan bukib qo‘ya qolingan, ichi esa xomligicha qolavergandi. — 
Mana sizga kerak bo‘lsa, — shikoyatomuz dedi u. 
— Yeb bo‘lmaydiganga o‘xshaydi, — dedi Virjiniya. — Bugun juma, men baliq taomlari tartibiga 
rioya qilaman. 
— Aqli joyida bo‘lgan odam buni chala qovurilgan deb ayta oladimi? 
— Judayam chala qovurishibdi-da, — unga qo‘shildi Mollett. — Qaytarib yubora qoling. 
Palmer boshini chayqadi va bifshteksning yesa bo‘ladigan qismlarini kovlashtira ketdi. 
— Siz bizga javob bermadingiz hali, yangilik ustida ishlash uchun u sizni ko‘ngildagidek 
qiziqtiradimi?  
Mollett luqmani chaynashda davom etardi. 
— Buni tushuntirish qiyinroq. Aslida, padariga qusur, deyarli iloji yo‘q. 
— Hech qiziqib ko‘rmaganmisiz? 
— Unda... 
Omarning navbatdagi bo‘lagini ajratar ekan, Mollett lablarini qattiq qimtidi.  
— Buni tushuntirish kerakligiga unchalik ishonmay turibman, — javob berdi u. 
Virjiniya sanchqini qo‘ydi. 
— E, yo‘q. Bo‘lishi mumkin emas. 
Mollett bosh irg‘adi: 
— Mumkin. 
Virjiniya Palmerga yuzlandi. 
— Bu nusxaning gapiga qaraganda, — juvon ovozini pasaytirdi, — kimdir unga bu yangilikni 
allaqachon yetkazgan. Boshqa tomondan birov. 
Palmer kavshanishdan to‘xtadi. U o‘zini stul suyanchig‘iga tashladi, ko‘zlari reportyorga tikildi. Bir 
lahza o‘tib u go‘sht luqmasini yutdi, biroq boshqasini kesib olishga shoshilmadi. 
— Unda, — dedi u oxiri, — nima uchun buni mendan eshitganingizda siz hayratdan yoqa 
ushladingiz? 
— Meni ishontirib aytishgandiki, birinchidan, YuBTK da  hech kim hech narsadan shubhalanmaydi 
va, ikkinchidan, to oybolta tushmaguncha... ular hech nimadan shubhalanishmaydi. 
— Men o‘zim haqimdagi birovlarning fikriga unchalik mazaxo‘rak bo‘lganim yo‘q. 
— Bu ikki oyoqda yuradigan hasharot bor-ku, Berkxardt, shu odam haqidagi ularning fikri, — javob 
berdi Mollett. — Ko‘rayapsizmi, men bu ma’lumotlarni siz Nyu-Yorkka kelmasingizdan avval olgan 
edim. 
Palmer bosh irg‘adi: 
— Ish anchadan beri davom etib kelayotganini bilardim. Nima deb o‘ylaysiz, ular nechta aktsiya 
to‘plashdi ekan? 
Mollett qoshini chimirdi va omarni yoqqa buladi. 
— Yana esingizdan chiqdi. Menga sir qilib aytishgan. 
— Jorj, — dedi Virjiniya, — sen qanaqa do‘stsan o‘zi? — Reportyor indamay ovqat yeyotgani uchun 
u gapida davom etdi: — Mening bir narsaga hech aqlim yetmayapti, nega hamma narsa shu qadar 
sirli, a? Rahbarlik kursisi uchun boshqa janglar ochiq-oshkora bo‘ladi. Vakolat uchun kurash. 
Gazetalardagi shov-shuvli sirlavhalar. Bu esa shunchalik maxfiylashtirilganki, haligacha uning borligiga 
ishonmayman. 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin